11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Ma’lumot uchun


88
Jamoa bo‘lib ishlang.
1. Insoniyat tarixida qachondan boshlab 
kiyimga ehtiyoj bo‘lgan? Dunyo xalqlari milliy 
kiyimlarining shakllanishiga qanday sharoitlar 
sabab bo‘lgan?
2. Siz kompaniya rahbarisiz. Xodimla- 
ringizning kiyimi va tashqi qiyofasiga e’ti-
bor qaratasizmi? Nima uchun? Fikringizni 
asoslang. Tashqi qiyofadan boshqa yana qan-
day talablar qo‘ygan bo‘lardingiz?
Siz ta’lim oladigan 
maktabda dress-kod 
o‘rnatilganmi? 
Dress-kod qayerlarda 
o‘rnatilishi kerak deb 
o‘ylaysiz?
3. Bergan javoblaringizni umumlashtirib, dress-kod va uning tamoyillarini 
ishlab chiqing. 
4. Quyidagi suratlarga e’tibor bering. Ulardagi tashkilot xodimlari uchun 
dress-kod kerakmi? Fikringizni asoslash uchun 5 ta fakt keltiring.
Insonning kiyinishi uning ichki ma’naviy dunyo- 
sining sirtda aks etishidir. Qaysi insonda uyat, hayo, 
or-nomus kabi tushunchalar bo‘lsa, o‘sha inson 
o‘z obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini 
qo‘zg‘atmaydigan holatda kiyinadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,
“Ijtimoiy odoblar” kitobidan
Ma’naviyat xazinasidan
?
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
III bob. Go‘zal fazilatlar


89
Tarbiya, 11-sinf
Etiket ma’lum bir doiralarda o‘zini tutish qoidalarini mujassam 
etgan tushunchadir. Quyi sinflarda siz etiketning ayrim qoidalari, unga 
rioya qilish tartiblari bilan tanishib o‘tdingiz. Katta hayot ostonasida turar 
ekansiz, jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingiz uchun ham etiket qoidalariga
rioya qilishingiz shart. 
1. Etiket haqida eshitganmisiz? Etiket inson ma’naviyatida qanday o‘rin
tutadi deb o‘ylaysiz? Etiketni o‘rganish nima uchun kerak?
2. Odob-axloq qoidalari bilan etiketning qanday bog‘liqligi bor?
3. Jamiyatda qabul qilingan tartib-qoidalarni “Etiketning oltin qoidalari” deb 
atash mumkinmi? Fikringizni asoslang.

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin