5. “Vaqt – insonga berilgan eng oliy va ulug’ ne’mat.” Odinaxon Muhammad Sodiq
7. “Jamoatni mahkam tut, chunki bo’ri faqatgina ayrilganni yeydi.”
8. “Odamlarga munosib muomala qilinglar.”
10. “Kim birodarining obro’sini qo’risa, Alloh qiyomat kuni uni do’zaxdan qo`riydi.”
Umar Hayyom
Qish o'tib, keladi bahor sadosi,
Yetar umr varag'in ham intihosi.
G'am yema, may ichgil, hakim debdikim,
Jahon g'ami zahar, sharob davosi.
Dunyoda bor narsa, bari naqsh, xayol,
Orifmas, kimgaki ma'lummas bu hol.
Bir kosa may ichib hushing yig'ib ol,
Bu naqsh-u xayoldan forig' bo'l darhol!
Akrom Malik “Xalqa”
O’zini boshqalardan ustun qo’yadigan takabbur insonlarni yoqtirmayman. Ularga bir so’m berib: narxingni bilganingda qaytimini qaytararsan, degim keladi. Lev Tolstoy
Hayrli amallarni boshlashga eng qulay vaqt xozirdir, boshlang.
"ULAMOLAR NAZDIDA VAQTNING QADRI" kitobidan.
Agar nafslar ulug' maqsadlardan bo'shab qolsa, Mayda masalalarga berilib ketadi. "ULAMOLAR NAZDIDA VAQTNING QADRI" kitobidan.
Ey g’ofil! Ey, hayolparast! Izzatu obro’lik bo’lishni orzu qilib, kechasi uyquga ketasanmi?
Ogohbo’lkim, dur-ru gavhar izlagan dengizga sho’ng’iydi, g’avvoslik qiladi. Ya’ni, kecha-kunduz mehnat va riyozatni o’ziga yor qilmoq kerak.
Тalaba nafsu havosi chaqirayotgan narsalarga qar-shilik qilishi va shafqatsiz bo’lishi hamda og’ir,
sabr-li bo’lishdek yuksak axloqiy fazilatlar bilan sifatlanishi kerak.