Lev Nikolayevich Tolstoy ( Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9
sentyabr),
1828
,
Yasnaya Polyana
,
Tula guberniyasi
— 7 (20)
noyabr,
1910
,
Astapovo
stansiyasi,
Tambov Guberniyasi
) — keng ommaga
mashhur
rus
yozuvchisi
,
publitsist
va diniy namoyonda,
tolstovchilar
harakatining
ideologi.
Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi
— 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn
etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg
Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1873), faxriy akademik (1900). 1844—47 yillarda
Qozon universitetining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda
Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854-yil Dunay armiyasiga yuborilgan;
iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T.
1855-yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh")
jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G.
Chernoʻshevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq
ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar
yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining toʻrt davri" avtobiografik asari
("Bolalik", 1852; "Oʻsmirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan).
Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855)
toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan.
50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng
manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat
qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da,
ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va
voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—
69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim
sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi,
deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy
bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng
muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga
murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga
qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman
janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng
tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa
"Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas
edi. 1812-yilda Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi
bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori
ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi
"Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.
T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va
tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy
tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot
yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida
kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar,
Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil
syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy
diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning
xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari
jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga
boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga,
chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy
qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin,
kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat
sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.
70-yillarda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. oʻz hayot yoʻlini qayta nazardan oʻtkazdi
va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yoʻli bilan bogʻliq jamiyat
qatlamining maʼnaviy asoslari yolgʻonga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning
bunday qarashlari "Iqrornoma" (1880) va "Eʼtiqodim nimada?" (1884) asarlarida oʻz
ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida "Ivan Ilichning ulimi" (1886),
"Kreyser sonatasi" (1889) qissalari, ayniqea, eʼtiborga loyiq.
T. 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, "Zulmat hokimiyati" (1886) dramasi
va "Maʼrifat mevalari" (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat,
shahar madaniyatining qishloqqa koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri katta badiiy kuch bilan
tasvirlangan.
T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik
asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan
oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka
asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi
kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi "Hojimurod"
(1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.
T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi
ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib
yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari ("Tirik murda",
1890; "Baldan soʻng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya
Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan
igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910-yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va
yoʻlda shamollab, vafot etadi.
Oʻzbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar
nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—
1902-yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi
"Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889-yil shu gaz.da
tanikli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun
yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy ("Us todi avval", 1902), Aliasqar Kalinin
("Muallimi soniy", 1903), Abdulla Avloniy ("Birinchi muallim", 1909; "Ikkinchi muallim",
1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon
qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan.
T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek
jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev
1909-yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti
yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli
arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910-yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T.
bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan. Ammo oʻzbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan
tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek
tiliga tarjima qilingan.
Bibliografiya
[
tahrir
|
manbasini tahrirlash
]
Bolalik — qissa, 1852
Oʻsmirlik — qissa, 1854
Sevastopol hikoyalari — 1855
o
"Sevastopol dekabr oyida"
o
"Sevastopol mayda"
o
"Sevastopol 1855-yilning avgustida"
Izgʻirin
— hikoya, 1856
Ikki gusar
— qissa, 1856
Yoshlik
— qissa, 1857
Albert
— qissa, 1858
Oilaviy baxt
— roman, 1859
Polikushka
— qissa, 1863
Kazaklar
— qissa, 1863
Urush va tinchlik
— 4-tomlik roman, 1867—1869
Kavkaz asiri
— hikoya, 1872
Anna Karenina
— roman, 1878
Xolstomer
— qissa, 1886
Ivan Ilyichning vafoti
— qissa, 1886
Iblis
— qissa, 1889
Kreyser sonatasi
— qissa, 1890
Ota Sergiy
— qissa, 1890
Xaji-Murat
— qissa, 1896
Tirilish
— roman, 1899'
Dostları ilə paylaş: |