11-sinf tarbiy


“Ilmga  intilish har bir muslim va muslima uchun



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

“Ilmga 
intilish har bir muslim va muslima uchun 
farzdir”
degan hadisi sharifni arab tilida 
naqshinkor yozuvlar bilan bitgan.
Darvozaning temir halqasiga hukmdor 
Mirzo Ulug‘bek ruhiyatiga xos bo‘lgan ushbu 
jumlalarni olimga qattiq mehr qo‘ygan yosh usta 
me'morlardan biri yozib qoldirgan: 
“Ilm durdonalaridan bahramand bo‘lgan
odamlarga Alloh taolo rahmat eshigini ochgay”. 
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
IV bob. Shaxsiy rivojlanish


97
Tarbiya, 11-sinf
Matnni o‘qing. Fikringizni berilgan rasmlar asosida izohlang.
Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni
Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi 
hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi 
deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va 
ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni 
deb hisoblaymiz.
Men ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quv-
vatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar. Va bu 
ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo‘ladi, desam, o‘ylay
-
manki, sizlar to‘la qo‘llab-quvvatlaysizlar.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
“...Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustah-
kam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli 
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga
asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deya ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti.
Kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat birligi tamoyili mustahkam asosga 
ega. Biz ikki Renessansni ko‘rgan, qurgan millatmiz. “Yangi O‘zbekiston = kuchli 
iqtisodiyot + kuchli ma’naviyat” formulasi Uchinchi Renessansning poydevorini 
tashkil etadi. Bunday uyg‘unlashuv jamiyat ravnaqiga xizmat qilib, insonlarni 
ma’rifat sari yetaklaydi.
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin