O‘QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN
MASHQLAR
Kuch. Kaft va yelkalar bilan turli harakatlar qilish. Qo‘lda buyum va buyumlarsiz turli harakatlarni bajarish. Oizzani bir tekis bukib turib, gavdani yerga tekkuncha egib borish. Oayanib yotgan holatda qo‘llarni galma-gal bukib, yelkalarni yerga tekkizish va yana avvalgi holatga qaytish. Baland tayanch (40 sm) ga tiralib turgan qo‘llarni 3 marotaba 5 — 7 soniya mobaynida egib turish va to‘g‘rilash. Gimnastika devoriga tirmashish. Oyoq uchlarini qo‘shib turib, tizza bilan aylanma harakat qilib, tovonga yarim bukilish. Bir va ikki oyoqda sakrashlar.
Oyoqni to‘g‘rilab oldinga, yonga va orqa tomonlarga asta ko‘tarish. Tizzaga turib orqaga egilish. Chalqancha yotgan holatda oyoqlarni bukib, tizzani ko‘krakka yaqinlashtirish. Chalqancha yotgan holatda avval bir oyoqda, so‘ngra ikki oyoq bilan 90° burchak shaklini yasash. Gimnastika devoriga orqa tomon bilan osilib, oyoqlarni ko‘tarish. Old tomon bilan yotib, gavdani orqaga egish. Yerda surilib 50 sm masofaga bir maromda suzish. Qo‘l va oyoq mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari. „Koptokni nishonga otish“, „Kim kuchli“, „Oortishmachoq“ kabi harakatli o‘yinlarni o‘ynash.
Tezkor-kuch. Tizzalarni ko‘krakka yetkazib, bir joyda turib sakrash. Qurgan joydan uzunlikka sakrash. Chopib kelib, natijasi qayd qilinadigan uzunlik va balandlikka sakrash. Tez sur’atda aylanayotgan arqonchadan 20 — 40 soniya mobaynida sakrash. Orqaga o‘girilib, vazni 1 kg li to‘ldirma to‘pni boshdan oshirib, pastdan tepaga, bosh orqasidan va boshqa holatlarda 5—7 marotaba otish va uloqtirish. Ikki oyoqda 7—8 marotaba tez sur’atda o‘tirib-turish. „Aravachalar musobaqasi“, „Zarb bilan otish“, „Ikki tomon“, „Koptok uchun kurash“ kabi harakatli o‘yinlarni o‘ynash.
Chaqqonlik. Yo‘rg‘alashdan tez chopishga o‘tib, so‘ngra shu ketayotgan yo‘ldan yugurish. Natijasi qayd qilinadigan 60 m masofaga yugurish. 4—6 har xil holatlardan 3 marotabadan harakat boshlash. Doira bo‘ylab, bir qator tizilgan saflardan to‘pni qo‘lma-qo‘l uzatish, koptokni uzoqqa otish, qo‘l to‘pi o‘yinlari elementlaridan bajarish. „Markazdagi to‘p“, „Oo‘pni boshdan o‘tkazib oshir“, „Outqich bermas ip“ kabi harakatli o‘yinlarni o‘ynash.
Chidamlilik. Qadamlarni yonma-yon qo‘yib yurishni 4 daqiqali bir maromda sekin yugurish bilan navbatlashtirish. 500 m masofaga erkin poyga, 60 m masofaga 4 — 6 marotaba tez yugurish. Bir joyda turib, 2 daqiqagacha arqonchada sakrash. 200 — 400 m li masofaga estafeta yugurish. 25 m li masofaga 3—5 marotaba suzish. „Juft doiralar“, „Sakrash qarmoqchalari“, „Arqonchada sakrab quvlashmachoq“ kabi harakatli o‘yinlar o‘ynash.
Epchillik. Erkin tarzda qo‘l va oyoq harakatlarini uyg‘unlashtiruvchi harakatlarni bajarish. Gimnastika skameykasida muvozanatni saqlab yurish. Oyoqlarni chalishtirib yurish. Oldinga umbaloq oshish. Cho‘kka tushib, oldinga va orqaga umbaloq oshish. Oo‘pni qo‘ldan qo‘lga irg‘itib o‘ynash. „Juftlashib tutishmachoq“, „Pingvinlar yugurishi“ kabi harakatli o‘yinlarni o‘ynash.