71
Tarbiya, 11-sinf
1. “Ko‘ngil bu – ko‘zgu” mavzusida esse yozing. Unda do‘stlik,
muhabbat,
ishonch, andisha, sadoqat, vafo haqida hikoya qiling.
2. QR-kodda berilgan Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” kito-
bini o‘qib chiqing. Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova o‘rtasidagi samimiy
tuyg‘ularni qanday nomlagan bo‘lardingiz?
3. 70-betda berilgan har bir rasmni nomlab, ular asosida hikoya tuzing.
4. 2-, 3- va 6-rasmlarda qanday umumiylik bor?
5. 5-, 6- va 7-rasmlarga diqqat qiling. Ular o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
6. 7- va 9-rasm asosida fikr bildiring.
7. Bu rasmlar sizni nimadan ogohlantirmoqda?
8. 11-rasmdagi bolalarning ishiga munosabat bildiring.
Ular nima uchun
rasmni og‘izlarida chizishmoqda?
9. 8-, 10- va 12-rasmda qanday tuyg‘ular yashiringan?
10. Rasmlarni berilgan fikrlar bilan bog‘lang. 3-topshiriq ijrosi bilan solish-
tiring. Ona: – Qayda bo‘lsangiz ham, salomat bo‘ling. Oila muqaddas. Sen uchun
dunyoda hech ikkilanmay o‘z jonidan kecha oladigan inson. Har qanday to‘siqni
yenga olamiz. Yurak va aqlni me’yorda ushla. O‘z ustingda ishlashdan to‘xtama.
Shoh ham, piyoda ham bir qutiga tushdi. Qalbingni aqlingga bo‘ysundir. Til jaro-
hati tig‘ jarohatidan og‘ir. Bag‘rikenglik. Kamchiliklaringni to‘ldirib bor.
Qadri-
yatlardan voz kechish.
100 kun ichida shaxsiyatni o‘stirish:
Har kuni yangi narsa o‘rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar
poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo‘yi
olgan bilimlaringizni
mustahkamlashingiz, lug‘at olib, yangi so‘zlar yodlashingiz mumkin.
Tongda keladigan fikrlarni maxsus “Tonggi sahifalar” daftari
-
ga yozib boring. Bu uyg‘onganingizdan keyin qiladigan dastlabki
ishlaringizdan biri bo‘lsin.
Har kuni bir varaq qog‘ozga hayotingizda sizni mamnun
qiladigan 5–10 ta narsani qayd etib qo‘ying.
Shukronalik izhorlarini
yozing.
Asosiysi, bu mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajaring. Shunda
ular 100 kun ichida natija beradi.
Mutolaasini xohlagan, lekin jazm qilolmagan biror-bir qiyin
kitobingizni tanlab, to‘liq o‘qib chiqing.
72
1. Nafosatning inson hayotidagi o‘rni nimada?
2.
Qanday insonlarga nisbatan
nafosatli
so‘zini ishlatamiz?
3. Go‘zallikni siz qanday tushunasiz?
4. Tadbirkorlar, milliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan buyumlarga
nisbatan “Nafislik bilan ishlanibdi” degan iborani eshitganmisiz?
5. Nafosatning ma’naviyat bilan qanday aloqadorligi bor?
Nafosat (arabcha, ahamiyat,
qimmatbaho narsa, boylik) – go‘zallik turi.
Nafosat – narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi)dagi alohida
mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi. Masalan, sportchi qiz yoki yigitning
qaddi-qomati, turfa gullarning rangbarangligi.
Kishilarning
muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan ishlatiladigan nafo-
sat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanini bildiradi. Haqiqiy nafo-
satni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilish lozim. O‘zida yuksak insoniy fazilat
-
lar, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmun va tabiiy go‘zalliklarni jamlagan nafosatgina
haqiqiy hisoblanadi.
Insonlarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishi, ularning qanchalik nazokat-
li, nozik didli ekanidan darak beradi.
Shu bois insonning aqli, tashqi ko‘rinishi,
nutqi, umuman, ezgu fazilatlarining uyg‘unlashuvi nafosat deb ataladi.
Insonga xos bo‘lgan nafosat madaniyati uning jamiyatdagi faolligi va o‘rni,
boshqalar bilan munosabati, moddiy va madaniy merosini o‘zlashtirishiga ham
bog‘liq.
Insonning go‘zal bo‘lishida nafaqat yoqimli tashqi ko‘rinishga egaligi,
balki ichki dunyosi, ma’naviy-axloqiy fazilatlari ham muhim o‘rin tutadi.
Insonda ma’naviy-axloqiy fazilatlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir
ko‘rsatadi? Javobingizni misollar bilan asoslang.
Dostları ilə paylaş: