Test topshiriqlari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/23
tarix05.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#78520
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
10 sinf mavzulari test hammasi


Pardaev Zafar +998915878007




10-SINF
TEST TOPSHIRIQLARI
(DARSLIKLAR VA VARIANTLAR ASOSIDA TAYYORLANGAN)

BUNI O’QISHINGIZ KERAK . . .


Hurmatli abituriyentlar ! ! !


5-9-sinflarda biologiyaning bo‘limlari hisoblangan botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, sitologiya va genetika asoslari kabi bo‘limlarini o‘rganishda hayot shakllarining xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, asosiy biologik tushunchalar, nazariya va qonuniyatlar bilan tanishdingiz. 10-sinfda avval o‘zlashtirgan bilimlaringizni amalda qo‘llab, hayotning (tiriklikning) quyi tuzilish darajasidan yuqori tuzilish darajasiga qadar tabiatga yaxlit tizim sifatida qarashni, biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlami umumlashtirgan holda bir tizimga keltirishni o‘rganasiz.


Bizning ushbu mavzulashtirilgan testlarimiz, sizning bilimlaringizni mustaxkamlaydi.


Testlarni tuzishda 5-10 sinflar oralig’idagi mavzularga oid bo’lgan testlar ham keltirilgan. 10-sinf darsligi mavzular jixatdan kollej darsligi bilan o’xshash bo’lganligi uchun testlarimiz ham deyarli bir xil.


Omad sizga yor bo’lsin !!!



  • Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.




  • Ishlagan imkon qidirar, ishlamagan bahona qidirar”.






I BOB. BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA

1. 10-sinf biologiya nechanchi yilda (a), Vazirlar Mahkamasining --- (b) qarori ga muvofiq tayyorlandi?


a-2017-y 6-aprel, b-187 sonli
b) a-2016-y 6-fevral, b-187 sonli
c) a-2018-y 6-iyun, b-180 sonli
d) a-2016-y 7-may, b-187 sonli
2. Biologiya atamasini fanga olib kirgan olimlarni aniqlab toping?
A) J. B. Lamark, R. Broun B) K. Linney, D. Oro
C) G. R. Trevinarus, A. Shlayden D)G. R. Treviranus, J. B. Lamark,
3. Biologiya fanining rivojlanishiga bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlang?
1. Insonlar salomatligini saqlash,2. Insonlar sonini kamaytirish, 3. turli kasalliklarni davolash va ularning
oldini olish, 4. inson umrini uzaytirish, 5.tabiatdagi noyob o‘simliklar va hayvon turlarini muhofaza qilish, 6. hosildor o ‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari,
7. yangi xususiyatli mikroorganizm shtammlarini yaratish, 8. insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
a) 1, 2, 3,4, 5 b) 4,5, 7, 8
c) 1,3,4,5,6,7,8 d) 2,3,4,5,6,7,8
4. Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi. Biologiya sohalarini o’rganilish obyektlaribilan juftlang?
1. Botanika - 2.zoologiya - 3.mikrobiologiya- 4. Mikologiya- 5. gidrobiologiya – 6. paleontologiya - 7.ekologiya-
a- o‘simliklar, b- hayvonlar, c- mikroorganizmlar
d- organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi , f- qazilma holdagi organizmlar,
g- zamburug‘lar, h- suv muhitidagi organizmlar,
A) 1-b; 2-a; 3-d; 4- c; 5-d; 6-g; 7- h
B) 1-b; 2-a; 3-f 4- c; 5-d; 6-j; 7- g
C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-g ; 5-h; 6-f; 7- d
D) 1-a; 2-b; 3-d; 4- c; 5-d; 6-g; 7- h
5. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. 1. Anatomiya - 2. Fiziologiya-
3. embriologiya - 4. Sistematika- 5. etologiya –
a- hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.
b- organizmlar organlari tuzilishini, c- funksiyasini,
d- organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini, h- murtak rivojlanishini
A) 1-b; 2-c; 3-h; 4- d; 5-a;
B) 1-a; 2-c; 3-h; 4- d; 5-b;
C) 1-b; 2-h; 3-d; 4- d; 5-a;
D) 1-b; 2-c; 3-h; 4- d; 5-a;
6. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni _______________fani o‘rganadi.
A) biogeografiya B) Biokimyo
C) Fizika D) biofizika
7. Organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni ____________fani o‘rganadi.
A) biogeografiya B) Biokimyo
C) Fizika D) biofizika
8. Tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini __________fani o‘rganadi.
A) biogeografiya B) Biokimyo
C) Fizika D) biofizika
9. XVIII asrda bu metod yordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’riflash, tasvirlash va
to‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan. Bu qaysi metod?
A) kuzatish B) taqqoslash
C) eksperimental D) tarixiy
10. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri ________________yomonlashayotganligi hisoblanadi.
A) insonlar sonining ortishi
B) ekologik muhitning
C) iqtisodiyotning kambag’allashuvi
D) oziq – ovqatmuammosi
11. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishi voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratuvchi metod bu-
A) kuzatish B) taqqoslash
C) eksperimental D) madellashtirish
12. G. Mendelning irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari biologiya fanining qaysi metodiga misolbo’la oladi?
A) kuzatish B) taqqoslash
C) eksperimental D) madellashtirish
13. __________ metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organik
olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi.
A) kuzatish B) taqqoslash
C) eksperimental D) tarixiy
14. Taqqoslash metodi yordamida - __________
qonuni kashf etilgan?
1. hujayra nazariyasi, 2. biogenetik qonun, 3. irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar,
4- Mendelning 1-qonuni, 5- xromosomanazaryasi.
a) 1, 2, 3,4, 5 b) 4,5, 6
c) 1, 2, 3 d) 2,3,4,5,
15. Hayotga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang?
A) biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi
B) tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi,
C) bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan
avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayon.
D) barchasi to’g’ri
16. «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan
ochiq sistemalardir». Ushbu ta’rif qaysi buyul biolog olimga tegishli?
A) М. V. Volkenshteyn B) Lukretsiy Kar
C) I. M. Sechenov D) A. N. Seversov
17. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi
kimyoviy elementlarning 90% dan ortig‘i asosan qaysi elementlar tashkil etadi?
A) uglerod, kislorod, vodorod va azot
B) uglerod, kislorod,vodorod, fosfor va azot
C) natriy,kaliy,vodorod D) azot,kalsiy,kislorod,fosfor
18. Tirik organizmlarning o’z-o’zini idora qilish xususiyati nima bilan bog’liq?
A) metabolizm B) gomeostaz
C) ko’payish D) qo’zg’aluvchanlik
19. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa barcha … doimiy harakatda bo’ladi?
A) o’simliklar B) zamburug’lar
C) hayvonlar D) mikroorganizmlar

20. Organizmlarning qaysi xususiyati tiriklikning eng muhim tomoni hisoblanadi?


A) o’sish B) ko’payish
C) rivojlanish D) qo’zg’aluvchanlik
21. Tirik organizmlarning qaysi xususiyati tufayli sayyoramizda hayot davom etmoqda?
A) o’z-o’zini idora etish B) metabolizm
C) ko’payish D) qo’zg’aluvchanlik
22. O’zini-o’zi tiklash (ko’payish) nima bilan bog’liq?
A) gomeostaz B) o’sish
C) rivojlanish D) irsiyat
23. Tirik organizmlarni qaysi xususiyati tufayli oddiy moddalardan murakkab modalar hosil bo’ladi, ular yana oddiy moddalarga parchalanishi mumkin, shuningdek murakkab jarayonlar ro’y beradi?
A) metabolizm B) ko’payish
C) o’sish D) nafas olish
24. Tirik organizmlarni qaysi xususiyatlari hujayralarni tiklanishi, o’sishi va ishlashini taminlaydi?
A) nafas olish va ajratish
B) metabolizm va ko’payish
C) nafas olish va rivojlanish
D) metabolizm va oziqlanish
25. Ozuqa moddalarni o’zlashtirish hisobiga tirik organizmlarning qaysi xususiyati amalga oshadi?
A) nafas olish B) o’sish
C) ko’payish D) harakat
26. Tirik organizmlardagi barcha jarayonlar asosan qanday yo’llar bilan boshqariladi?
A) tashqi muhit bilan
B) biologik aktiv moddalar bilan
C) nerv va endokrin
D) gumoral
27. Bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma’lum izchillikdagi o’zaro bog’lanishlari va tasirlari … deyiladi?
A) hujayra B) molekula
C) tizim D) organ
28. Barcha tirik organizmlar qanday tizim hisoblanadi?
A) ochiq B) yopiq
C) ochiq va yopiq D) t. j. y
29. … organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va funksional birligi?
A) molekula B) hujayra
C) to’qima D) organ
30. Tizimning asosiy tarkibiy qismlari nima?
A) komponent, chegaralar
B) bog’lanishlar va chegaralar
C) komponentlar va bog’lanishlar
D) komponentlar, bog’lanishlar va chegaralar
31. Hayotning qaysi darajasidan boshlab evolyutsiya boshlanadi?
A) organizm B) populyatsiya
C) biogeosenoz D) biosfera
32. Odamnig terisi qaysi to’qimalardan iborat?
A) muskul va epiteliy
B) epiteliy va biriktiruvchi
C) nerv va muskul
D) epiteliy, muskul, biriktiruvchi
33. … mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko’p hujayrali tirik tizim?
A) organ B) to’qima
C) biosfera D) organizm

34. … kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil organizmlar yig’indisi?


A) populyatsiya B) organizm
C) organ D) biogeosenoz
35. Moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o’tkazish va tuzilmalarni avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar … kuzatiladi?
A) hujayra B) to’qima
C) molekula D) organ
36.Biogeosenoz o’z ichiga nimalarni oladi?
A) anorganik va organik moddalar
B) avtotrof va geterotrof organizmlar
C) o’simliklar va hayvonlar
D) A va B
37. Hayotning ……… darajasida hujayralarning
ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi.
A) hujayra B) to’qima
C) molekula D) organ
38. Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning bajaradigan vazifasi hayotning qaysi darajasining faoliyati bilan bog‘liq.
A) hujayra B) to’qima
C) molekula D) organ
39. Qaysi daraja evolutsiyaning boshlang’ich birligi hisoblanadi?
A) populyatsiya B) organizm
C) organ D) biogeosenoz
II BOB. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASIDAGI UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR

1. Biologic molekulalarni aniqlang?


A) uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar
B) uglevodlar, oqsillar, fosfat kislota, lipidlar
C) uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, azot
D) korbanat angidrid, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar
3. Oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqali bog‘lanadi va oqsillarning ………….. strukturasi hosil bo’ladi?
A) birlamchi B) ikkilamchi
C) uchlamchi D) to’rtlamchi
4. Irsiy axborotni saqlash, irsiyatni keyingi avlodga o‘tkazish vazifasini bajaradi bu- ………… .
A) uglevodlar, B) oqsillar,
C) nuklein kislotalar, D) lipidlar
5. Hujayraning biologik membranasi, hujayra organoidlarining tuzilishida ishtirok etadigan makromolekula qaysi?
A) uglevodlar, B) oqsillar,
C) nuklein kislotalar, D) lipidlar
6. Uglevodlar qanday hosil bo’ladi?
A) Fotosintez jarayonida quyoshning yorug‘lik energiyasi kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylanishi natijasida
B) anorganik va organik moddalar
C) oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqali bog‘lanishi natijasida
D) A va B
7. Xlorofill tarkibida (a) , gemoglobin
tarkibida (b) qaysi elementlar mavjud?
A) a- Mg; b-Fe B) a- Zn; b-Fe
D) a- Na; b-O2 D) a- Co; b-Ca
8. Hayotning molekula darajasida yuksak darajada tartiblangan biokimyoviy jarayonlarni mos ravishda juftlang.
1. oqsillar biosintezi 2. glikoliz,
3. nafas olish 4. fotosintez
a) xloroplastda b) mitoxondriyada,
c) sitoplazmada d) ribosomada
A) 1-b; 2-d; 3-a; 4- d; B) 1-a; 2-c; 3-h; 4- d;
C) 1-d; 2-c; 3-b; 4- a; D) 1-b; 2-c; 3-a; 4- d;
9. Oqsillarning birlamchi (1),ikkilamchi (2), uchlamchi (3) strukturasi qanday hosil bo’ladi?
a) oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqali bog‘lanadi va oqsilning
b) Ribosomadan ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga
c) Ribosomadan ajralgan oqsillar keyinchalik peptid bog‘lari hisobiga
d) Ribosomadan ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga undan so’ng oltingugurt bog‘lari orqali
A) 1-b; 2-d; 3-a B) 1-a; 2-c; 3-d;
C) 1-a; 2-b; 3-d D) 1-a; 2-c; 3-b;
10. Biologic faol moddalar - ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradigan elementlarni aniqlang?
A) S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe
B) Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Cr, Mn, B
C) Zn, Cu, J, F ,S, P, Ca, Na
D) J, F, CI, Fe, Co, Mo, Cr
11. 1-Mg, 2-О, 3-H, 4-N elementlarining biologic ahamiyatlari bilan juftlang.
a) Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, ATF, xlorofill, vitaminlar tarkibiga kiradi
b) Xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi, energiya almashinuvi va DNK sintezini faollashtirishda koferment sifatida ishtirok etadi
c) Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Energiyaning bir turdan boshqa turga o'tishida ishtirok etadi
d) Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Hujayrada nafas olish jarayonining aerob bosqichida ishtirok etadi
e) Barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi
A) 1-b; 2-d; 3-e; 4- a; B) 1-b; 2-d; 3-c; 4- a;
C) 1-d; 2-c; 3-b; 4- a; D) 1-b; 2-c; 3-a; 4- d;
12. 1:Zn, 2:Cu, 3:J, 4:F elementlarining biologic ahamiyatlari bilan juftlang.
a) Tish emali tarkibiga kiradi
b) Umurtqasiz hayvonlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish funksiyasini bajaradi. Ayrim fermentlar tarkibiga kiradi
c) Qalqonsimon bez gormonlari tarkibiga kiradi
d) Oshqozon shirasi tarkibiga kiradi
e) DNK-polimeraza va RNK-polimeraza fermentlari, insulin gormoni tarkibiga kiradi
A) 1-b; 2-d; 3-e; 4- a; B) 1-e; 2-b; 3-c; 4- a;
C) 1-e; 2-c; 3-b; 4- a; D) 1-b; 2-c; 3-a; 4- d;
13. Qaysi kationlar organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini ta’minlaydi?
A) Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2 B) H ,P 04" va H P042
C) K+, Na+, Ca2, Mn2+ D) K+, Na+, Ca2
14. Noto’g’ri bo’lmagan fikrni toping.
A) molekuladagi zaryadlarning bir tomonga tekis taqsimlanishi qutblanish deyiladi.
B) suv molekulasining bir chekkasi kuchsiz manfiy va ikkinchi chekkasi musbat zaryadga ega
C) ayrim kimyoviy moddalar hujayraning tashqi membranasi orqali faqat erigan holda o’tishi mumkin
D) hujayra ichidagi harorat deyarli o’zgarmaydi
15. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni 1)……….. moddalar deyiladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan moddalarni 2) ………… moddalar deyiladi.
A) 1) gidrofob 2) gidrofil
B) 1) gidrofil 2) qutblanish
C) 1) dipol 2) qutblanish
D) 1) gidrofil 2) gidrofob
16. gidrofob moddalarni aniqlang?
1. osh tuzi, 2. monosaxaridlar, 3. disaxaridlar, 4. oddiy spirtlar, 5. aminokislotalar, 6. polisaxaridlar, 7.ATF, 8.lipidlar, 9.ba’zi oqsillar, 10.nuklein kislotalar
A) 1,2,3,4,5 B) 6,7,8,9,10
C) 4,5,6,10,8 D) 1,2,3,7,6
17. gidrofil moddalarni aniqlang?
1. osh tuzi, 2. monosaxaridlar, 3. disaxaridlar, 4. oddiy spirtlar, 5. aminokislotalar, 6. polisaxaridlar, 7.ATF, 8.lipidlar, 9.ba’zi oqsillar, 10.nuklein kislotalar
A) 1,2,3,4,5 B) 6,7,8,9,10
C) 4,5,6,10,8 D) 1,2,3,7,6
18. Uglevodlar …..ni hosil bo’lishda ishtrok etadi?
A.oqsil B. nuklein kislota
C.lipid D.barchasi
19.Uglevodlarning ko’pchiligi …da zahira modda sifatida to’planadi.
A.zamburug’lar B.Hayvonlar C.o’simliklar D.bakteriyalar
20.Hayvonlarda uglevodning miqdori necha %ni tashkil etadi?
A.2-3 B.1-2 C.5 D.B,C
21. 1gr uglevod parchlanganda necha kj energiya hosil qiladi?
A.4,1 B.17,6 C.38,9 D.17,9
22.O’simliklarda zahira holda to’planadigan uglevodni aniqlang?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.laktoza
23.Maltoza …..
A.uzum shakari B.don shakari
C.sut shakari D.meva shakari
24.Uglevodlarning monomerlarni aniqlang?
A.aminokislota B.polisaxarid
C.monosaxarid D.nukleotid
26.Laktoza-…..
A.uzum shakari B.don shakari
C.sut shakari D.meva shakari
27.Hayvon hujayralarda zaxira holda to’planuvchi uglevodni aniqlang?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.sellyuloza
28.Nuklein kislotalar tarkibida uglevodlarni qaysi turi uchraydi?
A.polisaxarid B.monosaxarid
C.disaxarid D.glyukoza
29.Glyukoza……?
A.uzum shakari B.don shakari
C.sut shakari D.meva shakari
30.Saxaroza uglevodlarni qaysi guruhiga mansub?
A.polisaxarid B.monosaxarid
C.disaxarid D.glyukoza
31.Tirik organizmlarda polisaxaridlar qanday funksiyani bajaradi?
A.transport,himoya B.qurilish,energetic
C.energetik,himoya D.issiqlikni saqlash
32.Quyidagilardan qaysi biri monomer hisoblanadi?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.fruktoza
33.Glyukozaning qondagi moqdorini(%) aniqlang?
A.1-12% B.2-10% C.0,1-0,12% D.0,2-0,10%
34.Quyidagilardan qaysi biri polisaxarid hisoblanadi?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.barchasi
35.Paxta tolasiqaysi uglevoddan tuzilgan?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.sellyuloza
36.Sut shakari uglevodlarning qaysi guruhiga mansub?
A.polisaxarid B.monosaxarid
C.disaxarid D.glyukoza
37.Nuklein kislotalarda uchraydigan uglevodlarni aniqlang?
A.maltoza va fruktoza
B.riboza va dezoksiriboza
C.glyukoza va laktoza
D.sellyuloza va riboza
38.Kanop o’simligini …..ni sellyuloza tashkil etadi.
A.ildizmevasi B.po’stlog’i
C.yog’ochlik D.tolasi
39.Xitin uglevodlarning qaysi turiga mansub?
A.polisaxarid B.monosaxarid
C.disaxarid D.glyukoza
40.Quyidagi organizmlardan qaysi birida xitin uchraydi?
A.zamburug’ B.o’simlik
C.hasharot D.A,C
41.O’simlik hujayrasining qobig’i hosil qilishda ishtirok etuvchi uglevodni aniqlang?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.sellyuloza
42.Quyidagilardan disaxaridlarni aniqlang?
1.glyukoza 2.saxaroza 3.kraxmal 4.fruktoza
5.glikogen 6.maltoza 7.riboza 8.laktoza 9.sellyuloza
A.1,3,5,7 B.2,4,6,8 C.3,5,8,9 D.2,6,8
43.Eng muhim monosaxaridlarni aniqlang?
A.glyukoza,fruktoza
B.riboza va dezoksiriboza
C.maltoza va laktoza
D.saxaroza,fruktoza
44.Ildizmevali,tugunakli o’simliklarda zaxira sifatida to’planadigan uglevodni aniqlang?
A.glikogen B.xitin C.kraxmal D.sellyuloza
45.Uglevodlarning umumiy fo’rmulasini toping?
A.Cm(HO)n B.Cm(OH)n
C.Cn(H2O)m D.Cn(O)2m
46….. hujayralarida uglevod ko’p miqdorda uchraydi.
A.zamburug’lar B.hayvonlar
C.o’simliklar D.bakteriyalar
47.Saxaroza-……?
A.uzum shakari B.don shakari
C.qand lavlagi shakari D.meva shakari
48.Uglevod atamasi qanday kelib chiqqan?
A.kislorodning nisbati suv molekulasiga o’xashligi tufayli
B.asosan uglevod va suvdan tuzilganligi uchun
C.hodorodning nisbati suv molekulasiga o’xshashligi tufayli
D.vodorod va kislorodning o’zaro nisbati suv molekulasiga o’xshashligi tufayli
49.Qurilish vazifasini bajaruvchi polisaxaridni aniqlang?
A.xitin va glikogen B.kraxmal va xitin
C.sellyuloza va xitin D.sellyuloza va kraxmal
50. Quyidagilardan monosaxaridlarni aniqlang?
1.glyukoza 2.saxaroza 3.kraxmal 4.fruktoza
5.glikogen 6.maltoza 7.riboza 8.laktoza 9.sellyuloza
A.1,3,5,7 B.2,4,6,8 C.3,5,8,9 D.1,4,7
51. Lipidlar ichida eng keng tarqalganini aniqlang?
A.fosfolipid B.lipoprotein
C.oddiy lipidlar D.glikolipid
52.Lipidlarning tarifi keltirilgan javobni aniqlang?
A.kichik molekulali oddiy organic birikmalar
B.suvda erimaydigan organik birikmalar
C.informatsiya saqlovchi organic birikmalar
D.barchasi
54.Umurtqali hayvonlarning teri ostida to’planadigan yog’ning funksiyasini aniqlang?
A.issiqlikni saqlash B.suv yuqtirmaslik
C.transport D.qurilish
55.Urug’ida moy to’plovchi moyli o’simliklarni aniqlang?
1.kungaboqar 2.bug’doy 3.zig’ir 4.no’xat
5.soya 6.maxsar 7.g’o’za
A.1,3,5,7 B.2,4,6,7 C.1,4,6,7 D.1,3,5,6,7
56.Asalarilar o’z uylarini qurishda qaysi lipidlardan foydalanishadi?
A.mumlar B.yog’lar C.moylar D.fosfolipid
58.Tuya o’rkachida to’pangan yog’….hisoblanadi.
A.energiya manbai B.suv manbai
C.A,B D.issiqlik
59.O’simlik va hayvonlar mumlardan ….maqsadida foydalanadi.
A.transport B.qurilish
C.energiya D.suv yuqturmaslik
61.Quyidagilardan qaysi biri odatdagi holatda suyuq bo’ladi?
A.mum B.glikolipid C.moy D.fosfolipid
62.Cho’l hayvonlari uchun yog’lar qanday ahamiyatga ega?
A.transport B.suv manbai
C.energiya D.suv yuqturmaslik
63.Lipidlar hujayraning qaysi qismida ko’p uchraydi?
A.lizasoma B.ribasoma C.mitoxondriya D.membrana
64.Lipidlarning oqsilli birikmasi qanday ataladi?
A. glikolipid B. fosfolipid C. lipoprotein D.yog’lar
65. ……transport va qurulish vazifasini bajaradi.
A. glikolipid B. mumlar C. lipoprotein D.yog’lar
66.Oddiy lipidlarni aniqlang?
1.yog’ 2. glikolipid 3. fosfolipid 4.moy
5. lipoprotein 6.mum
A.1,4,6 B.2,4,5 C.2,3,4 D.2,3,5
67.Yog’lar(yoki moylar) …. ko’p miqdorda to’planadi.
A.tuya o’rkachida
B.umurtqali hayvonlarning terisi ostida
C.o’simlik urug’larida
D.barchasi
68.”Steroidlar” qaysi birikmalarga mansub?
A.oqsil B.uglevod C.lipid D.nuklein kislota
69.Vitaminlar organik birikmalarning qaysi guruhiga mansub?
A.oqsil B.uglevod C.lipid D.nuklein kislota
70.Jinsiy gormonlar qaysi guruhga mansub?
A.steroidlar B.oqsillar C.uglevodlar D.moylar
71.Quyidagilardan qaysi biri ham oqsil ham lipidlarga mansub?
A. glikolipid B. fosfolipid C. lipoprotein D.yog’lar
72. Murakkab lipidlarni aniqlang?
1.yog’ 2. glikolipid 3. fosfolipid 4.moy
5. lipoprotein 6.mum
A.1,4,6 B.2,4,5 C.2,3,4 D.2,3,5
73.Membrana hosil bo’lishda ishtrok etuvchi lipidlarni aniqlang?
A. glikolipid B. fosfolipid C. lipoprotein D.barchasi
74.O’simlik yog’lari qanday ataladi?
A.mumlar B.yog’lar C.moylar D.fosfolipid
75. Triozalar (a), tetrozalar (b), pentozalar (c) va geksozalar (d) ni mos ravishda tanlang.
1. riboza; 2. Dezoksiriboza; 3. Pirouzum kislota; 4. Glukoza; 5. Fruktoza; 6. Sut kislota; 7. Glitseridaldegid; 8. Eritroza; 9. Galaktoza;
A) a-1,3; b- 8; c-2,6; d-4.5
B) a-3,7,6; b- 8; c-1,2; d-4,5,9
C) a-3,6; b- 8; c-2,7; d-4.5
D) a-1,4; b- 7; c-2,6; d-4.5
76. Disaxaridlar tarkibidagi monasaxaridlar qanday bog’lar orqali bog’langan?
A) peptid bog’ B) vodorod bog’
C) glikozid bog’ D) disaxarid bog’
77. Kraxmal sholi va makkajo‘xori donida (a)….. gacha, bug‘doy donida (b)….. gacha, kartoshka tuganagida (c)….. gacha bo’ladi.
1. 60-70% 2. 80% 3. 20%
A) a-1; b-3; c-2 B) a-2; b-1; c-3
C) a-2; b-3; c-1 D) a-3; b-1; c-2
78. Odam va hayvon, zamburug‘ organizmida zaxira oziq modda sifatida uchraydigan polisaxaridni aniqlang?
A) kraxmal B) klechatka
C) selluloza D) glikogen
79. tariflarni o’z egasini toping.
1. Energetik almashinuvning kislorodsiz bosqichi mahsuloti
2. Hujayraning nafas olish jarayoni uchun energiya manbayi
3. Unayotgan urug' uchun energiya manbayi
4. Glukozaning asosiy manbayi
5. Organizmda kechadigan ko'pchilik jarayonlar uchun energiya manbayi
a) glitseridaldegid b) glukoza c) maltoza d)fruktoza g) saxaroza h) kraxmal
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-g; 5-d
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-h; 5-g
C) 1-a; 2-b; 3-h; 4-c; 5-g
D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-g; 5-d
80. Tariflarni o’z egasini toping.
1. O'simlik hujayralari qobig'iga mustahkamlik beradi
2. Zamburug' hujayrasi qobig'i va bo'g'imoyoqlilar tana qoplamiga mustahkamlik beradi
3. ATF va RNK molekulalari strukturasini tuzishda ishtirok etadi
4. DNK nukleotidlari tarkibiga kiradi
5. Hayvonlarda qon ivishiga to'sqinlik qiladi
a) Xitin b) Dezoksiriboza c) maltoza d) Geparin g) Riboza h) Selluloza
A) 1-h; 2-a; 3-g; 4-b; 5-d
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-h; 5-g
C) 1-a; 2-b; 3-h; 4-c; 5-g
D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-g; 5-d
81. Terini, hayvonlarning junini, qushlarning patlarini qoplab turadi, ularni yumshatadi hamda suvdan himoya
qiladi. Bu qaysi modda?
A) mum B) yog’ D) klechatka D) xitin
82. Ortiqcha xolesterin qon tomirlarda to‘planib, tomirlarni toraytiradi, ……… kasalligiga sabab bo‘ladi.
A) gipertoniya B) insult
C) ateroskleroz D) gipotoniya
83. Nuklein kislotalarning monomerlarini aniqlang.
A)aminokislotalar B)nukleotidlar
C)nukleozidlar D)monosaxaridlar
84.Quyidagilardan qaysi biri uchun nuklein kislotalarning ahamiyati yo’q?
A)viruslar B)hayvonlar
C)o’simliklar D)barcha organizmlar uchun ahamiyatga ega.
85.Quyidagilardan qaysi biri nuklein kislotalarning funksiyasiga kiradi?
A)irsiy belgilarni saqlash
B)oqsil biosintezi
C)irsiy belgilarni nasldan naslga o’tkazish D)barchasi
86.Nuklein kislotalarning necha xil turi bor.
A)2 B)3 C)4 D)5
87.Nuklein kislotalar qaysi organoidlarda uchrashini toping.
1)yadro 2)lizosoma 3)mitoxondriya 4)hloroplast 5)golji majmui 6)ribosoma
A)1,3,5 B)1,3,4 C)2,4,6 D)2,3,1
88.Nuklein kislotalarning bunday nomlanish sababini aniqlang.
A)yadrodan ajratib olingani uchun
B)tarkibida fosfat kislota borligi uchun
C)kislota harakterga ega ekanligi uchun D)barchasi
89.Nuklein kislotalarda uchrovchi disaxaridlarni aniqlang.
A)laktoza va maltoza B)glukoza va saxaroza
C)riboza va dezoksiriboza D)disaxaridlar uchramaydi.
90.DNK ning tuzilishini (qo’sh spiralli ekanligi) aniqlagan olim?
A)Uotson va Braun B)Krik va Nikolson
C)Singer va Nikolson D)Uotson va Krik
91.Har bir nukleotidni tarkibiy qismlarini aniqlang.
A)azot asoslari va disaxarid
B)fosfat kislota va polisaxarid
C)azot asoslari, fosfat kislota, monosaxarid D)monosaxarid va azot asoslari
92.Ribozaning molekulasida nechta uglerod atomi bor?
A)4 B)5 C)6 D)7
99.DNK hujayra yadrosida, shuningdek .. bo’ladi?
A)lizosoma va sentrolda
B)golji va xloroplastda
C)endoplazmatik to’r va mitoxondriyada D)mitoxondriya va xloroplastda
100.RNK ning azot asoslari berilgan qatorni aniqlang.
A)adenin, guanin, timin
B)adenin, guanine, sitozin, uratsil
C)adenin, sitozin, timin
D)adenin, guanine, sitozin, timin
101.Tirik organizmlarni qanday qilib o’ziga o’xshash nasl qoldirishining sirlari qaysi kashfiyotdan so’ng ochildi?
A)hujayra nazariyasini yaratilishi B)RNK tuzilishini kashf etilishi
C)yadroning kashf etilishi D)DNK tuzilishi kashf etilishi
105.”Nukleus” so’zining ma’nosi nima?
A)irsiy axborot B)yadro C)kislota D)t.j.y
106.Ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil bo’lish sababini aniqlang.
A)2 ta monosaxarid B)4 xil azot asoslari
C)2 xil fosfat kislota D)barchasi
107.Riboza va Dezoksiriboza bir-biri bilan nima yordamida birlashadi?
A)faqat ribonukleotidlar hosil qilish
B)faqat dezoksiribonukleotidlar hosil qilish
C)ribonukleotidlar va dezoksiribonukleotidlar hosil qilish
D)fosfat bog’lari orqali
108. Qaysi biomolekulalar nuklein kislota tarkibida bo'lmaydi?
A) adenin, guanine C.riboza,dezoksiriboza
B) riboza, dezoksiriboza, azotli asoslar
D.glukoza,aminokislota
109.Oqsil tarkibida qaysi elementning miqdori 16%ni tashkil etadi?
A.azot B.fosfor C.temir D.kislorod
110.Oqsillarni elementar tarkibini aniqlang.
1.H 2.C 3.O 4.N 5.Po 6.Ca 7.S 8.P 9.Mg
A.1,3,5,7 B.1,2,3,4,7,8 C.1,2,4,7,8 D.2,3,7,8,9
111.Oqsil tarkibida bir-biridan farq qiluvchi amonokislotalar sonini aniqlang?
A.22 B.20 C.21 D.32
112.Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibida doimiy bo’ladi?
A.Azot B.uglerod C.oltingugurt D.kislorod
113. Quyidagilardan qaysi bir faqat aminokislotalardan tashkil topgan?
A nukleoprotein B.xromoprotein
C.lipoprotein D.albumin
114.”Struktura” so’zining ma’nosini aniqlang?
A.tuzilish B.belgi C.tashish D.harakat
115.Fermentlar …. tabiatli bo’ladi.
A.oqsil B.uglevod
C.lipid D.nuklein kislota
116.Katalizator funksiyasini qaysi oqsil bajaradi?
A.insulin B.ferment C.gemoglabin D.antitana
117.Quyidagilardan qaysi biri kompleks oqsil hisoblanadi?
A.antigen B.ferment C.gemoglobin D.aktimiozin
118.Antitanalar bog’lanadigan moddalarni aniqlang?
A.ferment B.uglevod C.lipid D.antigenlar
119.Tirik organizmlarga xos bo’lgan barcha vazifalarni … molekulalari bajaradi?
A.oqsil B.uglevod
C.lipid D.nuklein kislota
120.Oqsillarni turli ta’sirlar natijasida tabiiy holatini yo’qotishi nima deyiladi?
A.renaturatsiya B.denaturatsiya
C.gidroliz D.dipol
121.Shakliga ko’ra oqsillar qanday guruhlarga bo’linadi?
A.tolasimon va yumaloq B.oddiy va murakkab
C.albumin va globulin D.tuxumsimon,spiralsimon
122.Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar qanday ataladi?
A.albumin B.globulin C.oddiy D.lipoprotein
123.Gemoglabin shakliga ko’ra oqsillarning qaysi guruhiga mansub?
A.albumin B.tolasimon C.yumaloq D.tolasimon
124.Organizmning qarishi nimaga bog’liq?
A.uglevodlarning denaturatsiyaga uchrashi
B.oqsillarni renaturatsiyaga uchrashi
C.oqsillarni denaturatsiyaga uchrashi
D.oziq moddalarni yetishmasligi
125.Globulinlar-…
A.murakkab oqsillar
B.rangli oqsillar
C.toza disterlangan suvda eruvchi oqsillar
D.osh tuzining kuchsiz eritmasida eruvchi oqsillar
126.Tolasimon oqsillarni aniqlang?
A.eruvchan oqsillar,gemoglabin,lipoprotein
B.hayvon juni,odam sochi,muskuli va ipak qurtining ipagidagi oqsillar
C.Albuminlar,globulinlar
D.nukleoprotein,xromoprotein
127.Tuzilishi,tarkibiga ko’ra oqsillar ….ga bo’linadi?
A. Albuminlar va globulinlar B. oddiy va murakkab
C. ipsimon va yumaloq D. nukleoprotein,xromoprotein
128.Oddiy oqsillar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
A.tarkibi B.suv va boshqa ertmalarda erish xususiyati
C.shakli D.A,C
129.Quyidagilardan murakkab oqsillarni ajrating?
1. Albuminlar 2.lipoprotein 3.globulinlar
4.nukleoprotein 5.xromoprotein
A.1,2,3 B.3,4,5 C.2,4,5 D.1,3
130.Rangli oqsillar qanday ataladi?
A nukleoprotein B.xromoprotein
C.lipoprotein D.albumin
131. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar nima deyiladi?
A) almashinadigan aminokislotalar

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin