A) 3,9,10 B) 6,7,8 C) 4,5 D) 1,5
38. Quyida yaylov mintaqasida uchraydigan, tuxum hujayrasining shakllanish bosqichida qo’shimcha qobiqlar hosil bo’ladigan organizmlarni toping.
1) xo’jasavdogar 2) bo’ri 3) boltayutar 4) zarg’aldoq 5) oqquyruq 6) charx ilon 7) tog’ zog’chasi 8) kaklik 9) silovsin A) 4,8 B) 3,7 C) 1,6 D) 2,5
39. Quyida tog’ mintaqasida uchraydigan, tuxum hujayrasining shakllanish bosqichida qo’shimcha qobiqlar hosil bo’ladigan organizmlarni toping.
1) xo’jasavdogar 2) bo’ri 3) boltayutar 4) zarg’aldoq 5) oqquyruq 6) charx ilon 7) tog’ zog’chasi 8) kaklik 9) silovsin A) 4,8 B) 3,7 C) 1,6 D) 2,5
40. Quyida cho’l mintaqasida uchraydigan, tuxum hujayrasining shakllanish bosqichida qo’shimcha qobiqlar hosil bo’ladigan organizmlarni toping.
1) xo’jasavdogar 2) bo’ri 3) boltayutar 4) zarg’aldoq 5) oqquyruq 6) charx ilon 7) tog’ zog’chasi 8) kaklik 9) silovsin
A) 4,8 B) 3,7 C) 1,6 D) 2,5
41. Cho’l moyqurti uchun tegishli bo’lmagan javobni toping.
A) arteriya va vena qonlari batamom ajralgan B) noto’g’ri metamorfoz bilan rivojlanadigan organizm C) geterotrof organizm D) yurakning chap qorinchasidan toza qon chiqadi
42. Oqquyruq va qo’ziquloq uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni toping.
1) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi 2) hujayra qobig’i sellulozadan tashkil topgan 3) adir mintaqasida tarqalgan 4) yuragi to’rt kamerali, issiqqonli hayvon 5) oziq zanjirida ishtirok etadi
A) 1,4 B) 2,3 C) 4,5 D) 3,5
43. Tuproqning strukturasiga ko’ra qanday cho’llar farqlanadi?
1) sho’rxok tuproqli cho’l 2) chala cho’l 3) qumli cho’l 4) toshli-qum tuproqli cho’l 5) gipsli cho’l
A) 1,3,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5
44. Namlik yetishmasligiga chidamli, sho’rlangan tuproqda o’sish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar keltirilgan qatorni toping.
1) saksovul 2) sarsazan 3) gledichiya 4) qizil sho’ra 5) terak 6) akatsiya 7) sag’an
A) 1,3,5 B) 2,3,7 C) 3,4,5 D) 2,6,7
45. “Bu yerning hayvonot dunyosi ham o’ziga xos, hayvonlarning asosiy qismini hasharotlar tashkil qiladi, hayvonlarining ko’pchiligi tunda faol” Bu xususiyatlar qaysi mintaqaga tegishli?
A) to’qay B) adir C) yaylov D) cho’l
46. Sun’iy ekosistemalar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) o’zini o’zi boshqara olmaydi 2) faqat quyosh energiyasidan foydalanadi 3) insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi 4) o’tloq sun’iy ekosistemaning kichik modeli 5) o’zini-o’zi tiklay olmaydi
A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 2,3,4 D) 1,3,5
47. Shahar ekositemasida o’sadigan o’simliklarning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: |