11-variant 1-topshiriq. Fan bo’yicha berilgan mavzu va rejasini mazmunini yoritib berish. Mavzu



Yüklə 208,56 Kb.
səhifə3/5
tarix20.03.2023
ölçüsü208,56 Kb.
#88862
1   2   3   4   5
sport va harakatli o\'yinlar yangi

Basketbol har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.

2– topshiriq. Basketbol jamaoviy maxsus mashqlar haqida ma`lumot bering va kamida 5 ta mashq yozing!
Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatishda awalo o‘yinchilaming o‘yin ixtisosligiga (ampluasiga, funksiyasiga) qarab maydonda dastlabki joylashishi etiborga olinishi lozim. So‘ng quyidagi hujumga xos taktik harakatlar o‘ijgatiladi: - turli yo‘nalishni andozalar asosida ijro etiladigan o‘zaro taktik harakatlar; - qarshilik ko'rsatayotgan raqib va raqiblaming zich ta’qibiga nisbatan taktik usullami qo'llash mazmuni; - har bir o‘yinchilaming jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarga muvofiq ijro etiladigan hujum harakatlari; - raqib yoki raqiblami keskin “yorib” o‘tib hujum taktikasini qoilash; - pozitsion hujumda har bir o‘yinchining taktik harakatlari; - modellashtirilgan hujum harakatlari . Guruh va jamoa taktik harakatlarini shakllantirishda turli tartibda qo'llaniladigan o‘yin mashqlaridan foydalanish muhim ahamiyatga loyiqdir. (2x2; 3x3; 4x4; 5x5; 1x2; 2x1; 2x3; 3x2; 4x3; 3x4; 5x4; 4x5;)
Guruh bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda o‘yin davomida o‘ziga xos o‘yin funksiyalarini bajaruvchi “o‘yinchilar bog‘lami”ga taalluqli texnik-taktik harakatlar shakllantiriladi. Masalan: 2 yoki 3 o'yinchining o‘z shchiti oldidagi himoya harakatlari, 2 yoki 3 otyinchining raqib shchit oldidagi hujum harakatlari va h. Bunday harakatlar to‘psiz va to‘p bilan raqib yoki raqiblaming zich qarshiliklari ta’sirida shakllantiriladi. Mashg‘ulotning jamoa shaklini amalga oshirishda individual va guruh harakatlarining jamoa vazifalariga bo‘ysindirilgan texniktaktik usullar hamda kombinasiyalar takomillashtiriladi. Jamoa mashg'ulotlari bo‘lajak raqib jamoalarining o‘yin modellariga qarab qarama-qarshi tartibda modellashtirilgan mazmunda (tezlikda, taktik yo‘nalishda va h.) tashkil etiladi. Jamoa bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bir necha yo‘nalishlarda tashkillashtirilishi mumkin: - kompleks-integral yo‘nalish (texnik, taktik, jismoniy); - texnik yo‘nalishi; - taktik yo‘nalishi; - jismoniy-psixofunksional yo‘nalishi; - kombinasion yo‘nalishi. Bunday mashg‘ulotlami o‘tkazishda frontal va aylanma yondashuvlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu yondashuvlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bir qator tashkiliy-kvalifikasion xususiyatlar va mezonlarga erishish vazifalarini hal etishga qaratishi darkor. Jumladan, mashg‘ulotlar davomida jamoani tuzisjj uchun asosiy hamda zahira tarkibga o‘yinchilami tanlash-saralash, o'yin funksiyalarini (amplualarini) e’tiborga olgan holda jamoa tarkibining o‘yin tuzumini shakllanitirish prinsiplari va o'yinchilarga qo‘yiladigan talablarga amal qilish masalalari treneming diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. Jamoaning to‘liq tarkibi 10 kishidan iborat bo‘lib, o‘yinchilaming o‘yin funksiyalari (amplua) bo‘yicha himoyachilar, qanoat hujumchilarchilari va markaziy o‘yinchilardan tashkil topadi. Mashg‘ulotlami tashkil qilishda zamonaviy basketbol musobaqalariga xos model ko‘rsatkichlarga mo‘ljal olinadi va shunga muvofiq hujum-himoya harakatlari,ulami ijro etish usullarining turg‘unligi va mukammalligini kuchaytirishda qaratiladi. Bunda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
- o‘rta va uzoq oraliqlaridan turli usullarda (sakrab, sakrab burilib-aylanib, yuqoridan ikki qo'llab, o‘ng va chap qo i bilan va h.) to‘p tashlash.
- hujum va himoya harakatlari tezligini oshirish;
- keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda to‘pni o‘ng va chap qo‘l bilan urib yugurish (dribling) - raqib qarshiligigada;
- zich qarshi “pressingdan” fint harakatlari (chalg‘ituvchi harakatlar) asosida “chiqib” ketish; - raqibni zich yuzma-yuz ta’qib qilish
- to‘psiz; - chap va o‘ng yonlama (raqibga orqa bilan joylashib - to‘pni “berkitib”) to‘pni urib tezkor harakatlanish;
- 3 ochkoli to‘p tashlash;
- to‘psiz bo‘sh va qulay joyga tezkor chiqish;
- zonali “pressingni” tashkil qilish: 1-2-2,2-2-1 va h.;
- o‘z shchitiga sapchigan to‘pni olish va savatga qayta tashlash yoki qulay turgan sherikka uzatish;
- uzatilgan yoki savatga yoki tashlangan to‘pni to'sish yoki urib yugurish;
- to‘p bilan harakatlanayotgan o'yinchidan to‘pni olib qo‘yish (qoidaga muvofiq).
Ana shu va boshqa shunga o‘xshash texnik-taktik harakatlami samarali shakllantirish uchun ulaming o‘zlashtirilganlik darajasini model ko‘rsatkichlar mezonlariga asoslangan holda baholash va olingan natijalarga muvofiq mashg‘ulotlar mazmuniga zarur o‘zgartirishlar kiritish tavsiya etiladi.

Yüklə 208,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin