11-variant 1-topshiriq. Fan bo’yicha berilgan mavzu va rejasini mazmunini yoritib berish.
Mavzu: O’yin texnikasi.
Reja Kirish
Basketbol — atletik sport o'yini bo'lib, eng ommabop sport turlaridandir. Basketbol bilan shug'ullanib, siz kuchli, tez va chaqqon harakat qila oladigan hamda shijoatli bo'lishingiz, murak-kab sharoitda ham tez va aniq mo'ljalga ola bilishni o'rganishingiz mumkin. Yaxshi chamalash va maydonni keng ko'ra bilish ularga xosdir. Jo'shqin o'yin insonning kayfiyatini ko'taradi.
1891- yili AQSHda paydo bo'lgan basketbol o'yiniga hozirgi kungacha ko'p o'zgarishlar kiritildi. G'yin texnikasi va taktikasi takomillashtirildi, musobaqa qoidalari va hakamlik, o'yin maydonining o’lchami, uni o’lchash va qanday jihozlash aniqiashtirildi. O'yin butun jahonda keng tarqalib, basketbol bo'yicha qit'alararo uchrashuv va musobaqalar o'tkaziladigan bo'ldi. Basketbolchilar tayyorlashning bir butun pedagogik tizimi paydo bo'ldi.
Basketbol atamalari
Basketbol o'yini musobaqa qoidalarida turli atamalar uchraydi, shuningdek, umumiy qabul qilingan qisqartirishlar ham mavjud bo'iib, ulardan o'yinchilar va hakamlar foydalanib, o'yin vaziyat-lariga doir fikr almashishda foydalanadilar. Maxsus atamalarni bilish, basketbol o'yini murabbiyi va o'qituvchining so'zini tushu-nishni, hakamning xatti-harakatlarini hamda jamoadagi sheriklari bilan muomalani yengillashtiradi, doimiy o'zgaruvchan o'yin holatida tez moMjal olish imkonini beradi. Basketbolning quyidagi asosiy atamalarini esda saqlashni tavsiya etamiz:
Shiddatli hujwm — hujumchining raqib shitiga harakat: jihatdan tezkor hujum, shuningdek, tezkor yorib o'tish deb ham ataladi.
To*sish — bu hujumga kirish uchun himoyachini to'sish, to'pi bo'lmagan raqibning harakatlanishiga yoM bermaslik.
Savatga tashlash — raqib savatiga to'pni tushirishga yo'nal-tirilgan faoliyati (tashlash bilan uzatishni farqlang).
Bahs to’pi — maydondagi uchta doiradan birida jamoalarning ikki o'yinchisi o'rtasida to'pni tashlab, o'yinga kiritishga aytiladi.