11-variant
1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qoʻyiladigan talablar.
2. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayoni.
3. Tarbiya jarayoni tashkil etilishiga doir zamonaviy yondashuvlar va ularning oʻziga xosliklari.
4. "Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti" toʻgʻrisidagi VM ning qarori.
5. Shu qaror taqdimotini tayyorlang.
Javoblar.
1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qoʻyiladigan talablar.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish,jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg’ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g’ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
O‘zbekiston Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g’ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to‘g’ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g’ri qaror qabul
qilish;
- tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish
qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
- o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr
mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo
maslahatlashish;
- o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning
fikrlarini o‘rganish;
- o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va
takomillashtirish;
- o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga
ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish
Dostları ilə paylaş: |