O'zR Konstitutsiyasi 63,64,65-moddalariga binoan onalik va bolalik davlat himoyasidadir. Bolalar haqida g’amxo'rlik qilish, ularni tarbiyalash, ota-onalarning huquqi va majburiyatidir. 18 yoshga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar, mehnatga layoqatsiz o'z ota-onalari to‘g’risida g’amxo'rlik qilishga majburdirlar. Qonunchilikda onalikni kafolatlash, ko'p bolali va nochor oilalarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kafolatlangan. Bolalar va otaonalarning manfaatlarini hisobga olish, er-xotinlarning nikohdagi teng huquqliligi, shu jumladan farzandlar tarbiyasidagi huquq va burchlari davlat siyosati va qonunchilikka asos qilib olingan. O'zR Konstitutsiyasining 46-moddasi xotin-qizlar bilan erkaklarning teng huquqliligi printsipini mustahkamlab qo'ygan. Ammo o'z tabiatiga ko'ra va an'anaviy ijtimoiy odatga binoan xotin-qizlar va erkaklarning oiladagi vazifalarida muayyan farq bor.