111- xamshira guruhi Djurasheva Juldiz



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə4/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#39103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AKUSHERLIK VA GENEKALOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI FANIGA KIRISH AKUSHERLIK VA GENEKALOGIK YORDAM KO’RSATISH MUOSSALARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O’RNI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil avgust oyidagi qarori bilan tasdiqlangan «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish to‘g’risida»gi Nizomga asosan 2012 yilning 1-2 choragida Nizom asosida ham joylarda nikoh yoshidagi fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda. O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo'yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti, YuNISEF, YuNFPA, PROON, GIZ (Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati) va boshqalar bilan yaqindan xalqaro hamkorlik aloqalarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi, «Mahalla» jamg’armasi, «Sog’lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg’armasi, «O'zbekiston Madaniyati va san'ati forumi jamg’armasi», Ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash fondi, «Sen yolg’iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi va boshqalarning faol ishtirokida amalga oshirilmoqda. Chaqaloqni ona suti bilan emizish bolani har tomonlama rivojlanishida muhim omil sanaladi. «Bolaga do'stona munosabatda bo'lgan shifoxona» tashabbusi O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan YuNISEF tashkiloti hamkorligida 2008 yildan beri amalga oshirilib kelinmokda. «Bolaga do'stona munosabatda bo'lgan shifoxona»ning asosiy maqsadi — bolani ko'krak suti bilan emizish bo'yicha 10 tamoyilning barchasini joriy qilish orqali bolani ona suti bilan emizishni rag’batlantirish va qo'llabquvvatlashdan iborat. Bugungi kunda 5 mingdan ziyod tibbiyot maskanlari va tug’ruq majmualarining mutaxassislari trener sifatida tayyorlandi. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksida“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish” qoidasi aks ettirilgani sog’lom oilalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mazkur kodeksning 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslar davlat sog’liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko'rikdan o'tishi, tibbiy ko'rikdan o'tish hajmi va tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasitomonidan belgilanishi mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda qabul qilingan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish to‘g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida yurtimizda 2004 yil 1 yanvardan boshlab, barcha nikohlanuvchi shaxslar ruhiy, narkologik kasalliklar, teritanosil, sil kasalliklari va OIV (OITS) bo'yicha tibbiy ko'rikdan o'tishi yo'lga qo'yildi. Nizomga ko'ra, tibbiy ko'rikdan o'tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiy muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak. Amalga oshirilayotgan bunday izchil chora-tadbirlar tufayli yurtimiz hozirgi kunda onalik va bolalik muhofazasi bo'yicha jahonda etakchi o'rinlardan biriga ko'tarildi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin