1
5-modul:
INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI
5.1.Mavzu:
Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari(1s amaliy)
1-topshiriq
1. Alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni
rivojlantirishga oid Hukumat qarorlari, farmonlari
2017 yil 1-dekabrdagi “ Nogironligi bo‘lgan
shaxslarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pf
-5270 Farmonida va 2019 yil 29 apreldagi PF- 5712 “Xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlatirish konsepsiyasi”da xam inklyuziv ta’lim alohida belgilab
qo’yilgan.
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi
“Inklyuziv ta’lim” deb nomlanib, unga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi), yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar)
uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.”
Hukumat O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv
ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim
maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich
tayanch
korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilandi.
2
12 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar
uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga oid bir qator normativ-huquqiy
hujjatlarni
tasdiqladi.
Hujjat prezidentning 2020 yil 13 oktabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qaror bilan umumiy ta’lim muassasalarida alohida ta’limga
muhtoj bolalarni
inklyuziv o‘qitish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi: