5-modul: inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jCqHK4dzuIcS3ScPvmjynBZbWNhcV9uvYgUDJ9ap

o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv 
ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish 
ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi 
mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan 
bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati 
organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti; 


13 

pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish 
metodikasiga oid fanlar kiritilmagan; 

pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari 
kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari 
bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani 
ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, 
sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming 
nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga 
ko‘ra
, O‘zbekistonda 3,2 
mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar 
inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. 
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-
bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning 
maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni 
xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini 
takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va 
Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida 
inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan. 
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar 
O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit
o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja 
qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning 
o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p 
bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor. 


14 
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi 
alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar 
haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik 
kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq 
ekanini tushunishmaydi. Aslida, kattalar ham shunday. Yaqinda ko‘chada ishdan bir 
necha ko‘zi ojizlar qaytayotgan edik. Orqamizdan kelayotgan ayollar bir-birimizni 
yetaklab kelayotganimizni ko‘rib, «Mast bo‘lishsa kerak», deyishdi ovoz chiqarib. 
Jamiyat hali nogironligi bor odamlar haqida to‘la ma’lumotga ega emas». 
Shuningdek, biz jamiyatimizning ongini tubdan o‘zgartirishimiz kerak, chunki 
sog‘lom bolalarning ota-onalari va umumiy maktab o‘qituvchilari aksar hollarda 
nogironligi bo‘lgan bolalar barcha bolalar bilan birga o‘qishga rozi bo‘lmayapti. 
Yana bir muhim masala bu o‘qituvchilar tayyorgarligi, mutaxassislar 
yetishmasligi hamda umumta’lim maktablari binolarida kerakli sharoitlar 
yaratilmagani bilan bog‘liq. Bu muammolar hal etilmasdan turib, nogironligi bo‘lgan 
bolalar sharoitsiz va salbiy munosabatli maktablarga o‘tkazilishi ularning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi». 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin