4-topshiriq:Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq muammolar Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi? O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja
qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi,
2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv
ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik
bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir
sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil
sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini
anglatadi . Ya’ni imkoniyati cheklangan
bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan
oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi
kerak emas", – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat
umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat
xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin
imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda
o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13
oktabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya
berish
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
prezident
qarorida
bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim
muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida
ta’lim
ehtiyojlari
bo‘lgan
bolalar
o‘qitiladigan
ta’lim
muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga