5-modul: inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jCqHK4dzuIcS3ScPvmjynBZbWNhcV9uvYgUDJ9ap

Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish. 
Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. 
Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig 
samarasini va rivojini ta’minlaydi. 
 
3-topshiriq:Inklyuziv ta’limning tamoyillari 
 
 
 
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari 
Ispaniya davlatining Salamanka shahrida 1994 yil 7 - 10 iyunda 92 davlat va 25 
ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan umumjahon konferensiyasida 
maxsus ta’limga muhtojligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va kattalarga oddiy ta’lim tizimi 
doirasida ta’lim berish zarur ekanligini tan olgan holda maxsus ta’limning 
tamoyillari, islohotlari bo‘yicha “Salamanka bayonoti” qabul qilindi. Bayonotda 
hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta’lim 
tamoyilini qonun yoki islohot deb qabul qiling...” deb da’vat qilingan va quyidagi 
alohida talablar ishlab chiqilgan:
- maxsus yordamga muhtojligi bo‘lgan har bir bolaning ehtiyojiga mos ravishda 
ta’lim olish imkoniyati bo‘lishi;
- nogironligi bo‘lgan bola ham takrorlanmas xislatlar, qiziqishlar, iqtidor sohibi
sifatida bilim olish huquqiga ega ekanligi;
- o‘qitish tizimi barcha bolalar imkoniyatiga mos, egiluvchan tarzda tashkil etilishi,
dasturlar esa har bir bolaning ehtiyoji va imkoniyati darajasida bo‘lishi;
- alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalarga ham umumta’lim maktablarida ta’lim olish 
imkoniyati berilishi va ularning imkoniyatlari, ehtiyojlariga monand shart-sharoitlar 
yaratilishi, maxsus pedagogika qo‘llanilishi zarurligi ta’kidlangan.
Dasturning bosh maqsadi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, milliy yordam 


11 
uyushmalari, nodavlat tashkilotlar va boshqa bo‘limlarni maxsus ehtiyojlar ta’limi 
amaliyoti, islohoti va tamoyillari bo‘yicha Salamanka bayonotini hayotga tatbiq 
etishning islohotlari va faoliyati bilan tanishtirishdir. Dasturda Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti, konferensiyada qatnashayotgan davlatlar tajribalari va boshqa davlat 
tashkilotlarida chop etilgan qo‘lyozmalar, maslahatlar, turli masalalarning yechimi, 
ayniqsa, nogiron shaxslar imkoniyatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha standart 
qoidalar asosida faoliyat yuritish nazarda tutilgan. Har bir bolaning ta’lim olish 
huquqi butunjahon “Inson huquqlari” Konvensiyasida qabul qilingan va butunjahon
“Ta’lim barcha uchun” deklaratsiyasida alohida qayd etilgan. Ko‘rinadiki, har bir 
nogiron shaxs o‘z xohishi bo‘yicha, istalgan yo‘nalida ta’lim olish huquqiga ega. 
Ota-onalar esa bolalarining xohishi, holati, ehtiyojlariga mos keluvchi ta’lim shaklini 
tanlash bo‘yicha maslahatlar olish huquqiga egadirlar.
«Inklyuziv ta’lim» tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi: 
«Inklyuziv ta’lim – inglizcha (inclusive, inclusion) so‘zdan olingan bo‘lib 
uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirilgan, o‘ziga tortuvchi, qamrab oluvchi ma’nolarini 
anglatadi. Lotinchada esa (include) qamrab olaman, jalb qilaman ma’nosini, ya’ni 
nogironligi bo‘lgan va oddiy bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishni nazarda 
tutadi. Inklyuziv ta’lim barcha mamlakatlarda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan 
masalalardan biridir. Darhaqiqat, alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan, voyaga 
yetayotgan o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy 
qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv 
jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta’lim tizimidir va h.k. 


12 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin