12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita


O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə31/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar Paskal dasturlash tilida ma’lumotlarni hotiraga muloqat usulida kiritish operatorlari, ularning ishlash printsiplari hamda bir-biridan farqlanishi haqida bilimga ega bo’ladilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



Asosiy tushunchalar:
Ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatorlari, kiritish ro’yxati.


Darsning blok-chizmasi: E jadval

O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.


SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning avvalgi mavzusidagi yoki qo’shimcha misol va mashqlar.
BST BST-59 dan BST-68 gacha.
Mavzuni yoritish:
AH Mavzuni yoritish quyidagicha misolni o’quvchilar bilan birgalikda tahlil etish bilan boshlash maqsadga muvofiq: a=123, b=321 bo’lsa, a va b ning yig’indisini hisoblash dasturini tuzing.
Var a,b : Integer;
Begin
a:=123; b:=321; WriteLn(a+b);
End.
O’quvchilarga quyidagicha muammo qo’yiladi: Boshqa ikkita sonning (masalan, 456 va 876) yig’indisini hisoblash talab etilsa, nima qilish kerak? Albatta, bu holda dasturga quyidagicha o’zgartirish kiritiladi:
a:=123; b:=321; o’rniga a:=456; b:=876; yoziladi.
Agar bir nechta sonlar juftliklarining yig’indilarini hisoblash kerak bo’lsa-chi? Har safar dasturni o’zgartirish kerakmi? Bu muammoning sababini aniqlashga harakat qiling. Dasturlashda qanday imkoniyat bo’lsa, bu muammo hal bo’ladi?
M “Muammoning sababi: qo’shiluvchilarning qiymatlari dastur tuzish jarayonida kiriti­lishida. Agar dastur ishlab turdan vaqtda qo’shiluvchilarga qiymat berish imkoni bo’lganida, yangi qiymatlarni kiritish uchun dasturni o’zgartirish shart bo’lmasdi” kabi izoh berilgach kiritish operatorlari haqida ma’lumot beriladi.
Mavzuda quyidagi xulosalar aytib o’tiladi:

  1. Kiritish operatori dastur ishlashini to‘xtatadi.

  2. Kiritish operatori ro‘yhatdagi o‘zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi.

  3. Bitta kiritish operatori orqali bir nechta o’zgaruvchiga qiymat berish mumkin.

  4. Kiritish ro‘yhatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ular ro’yxatda o’zaro vergul bilan ajratiladi.

  5. Agar ro‘yhatda bir nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro probel (bo‘sh joy) bilan ajratib kiritilishi yoki har bir o’zgaruvchi qiymati kiritilgandan keyin klavishini bosib kiritilishi mumkin.

  6. Ro’yxatdagi barcha qiymatlar kiritib bo‘lingach klavishi bosiladi.

Mavzu yoritishning oxirida ro’yxatsiz readln operatori ishi haqida to’xtalib o’tish muhim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin