Darsningmaqsadi: o‘quvchilarga shart bo‘yicha takrorlash operatorlari mohiyatini o‘rgatish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarda Paskal dasturlash tilida shart bo‘yicha takrorlash operatori yordamida dasturlar tuzish ko’nikmasini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarda shart bo‘yicha takrorlash operatori mohiyati orqali har qanday holatda ham tabiat va jamiyat qonunlariga rioya qilish xususiyatlarini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va o’quv fanlariga bolgan qiziqishlarini kuchaytirish.
O‘quv jarayonining mazmuni
Shart bo‘yicha takrorlash operatorlari, uning vazifasi va ishlatilishi. While va Repeat operatorlari, ularning qo’llanish sohalari gamda ularning ishlash printsipidagi farqlar.
Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
O’quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalari rivojlanadi. Shart bo‘yicha takrorlash operatorlari: While Do va Repeat Until dan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’ladilar.