12- ta’lim muassasalarining turli tiplarida psixologik xizmat kontsepsiyalari. Reja



Yüklə 18,46 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü18,46 Kb.
#161851
12- Ta’lim muassasalarining turli tiplarida psixologik xizmat kontsepsiyalari.


12- Ta’lim muassasalarining turli tiplarida psixologik xizmat kontsepsiyalari.
Reja:
1. Psixologning majburiyatlari, maqsad va vazifalari (tadqiqotchi, amaliyotchi, o‘qituvchi)
2. Psixolog faoliyatini etik muammosi, kasbiy me’yorlarning o‘ziga xosligi.
3. Psixolog kasbiy faoliyatida proffessional turg‘unlik(stagnatsiya)

Mamlakatdagi iqtisodiy-iijtimoiy islohotlarning samarali bo‘lishini taminlash, ishlab-chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo‘g‘inlarida inson omilidan foydalanish, har bir ijtimoiy shaxs imkoniyatlarini to‘la-to‘kis yuzaga chiqarish masalasi O‘zbekiston psixologlari oldiga amaliy psixologiya bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni amalga oshirish mas’uliyatini yukladi:


 aholi o‘rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish;
 har bir shaxs imkoniyatini jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsixologik tamoyillariga moslashtirilgan eng ilg‘or testlar, metodikalar, asosida o‘rganish, tahlil qilish va bu borada tegishli xulosalar chiqarish;
 xodimlarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga
yo‘naltirishda ma’muriy tashkilotlarga ko‘maklashish, shuningdek barcha bo‘limdagi rahbar xodimlarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabiga mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli “ijtimoiy psixologiya” kurslarini tashkil etish;
 fuqarolarning kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash va mehnat birjalari
faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko‘rsatish.
Amaliyotchi psixologning faoliyatidagi vazifalar quydagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Psixolog o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hukumatining xalq ta’limi sohasi bo‘yicha qabul qilingan normativ va instruktiv hujjatlariga amal qilgan holda amalga oshirishi shart.
2. Oliy o‘quv yurtining psixologiya sohasini bitirganligini yoki amaliyotchi psixologlar tayyorlovchi qisqa muddatli (qo‘shimcha mutaxasislik beruvchi) maxsus kurslarni (kamida 1000 soatlik) bitirib, psixolog mutaxassisligini olganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo‘lishi kerak.
3. Psixologiya fanining eng so‘nggi yutuqlardan xabardor bo‘lishi, bolalar psixologiyasi, pedogogik psixologiyani, amaliy psixologiyani chuqur bilish shart. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlarining hozirgi zamon ilmiy asoslangan metodlari bilan qurollanishi, xalq ta’lim tizimida doimo o‘z malakasini oshirib borishi kerak.
4. Muomolarni muhokama qilishda va qaror chiqarishdan kasbiy vakolat chegarasidan aslo chiqmaslik kerak.
5. Shu sohaning mas’ul mutaxasislari tomonidan ishlab chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarish shart.
6. Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o‘quvchi manfaatidan, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.
7. Olingan ma’lumotlar sinaluvchining shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a’zolari tahlikaga tushmasliklari uchun diagnostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash.
8. Ma’muriyat o‘qituvchilar ota-onalar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatish.
9. Bog‘chada, maktabda o‘tkaziladigan tadqiqot maqsadi mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedogogik kengash, ma’muriyatga ma’lumot berish maqsadga muvofiq.
10. Ma’muriyatga, pedogogik kengashga o‘quvchilarga individual yondashishni ta’minlovchi imkoniyat,ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olishning omillari, yo‘llari yuzasidan zarur yordam ko‘rsatish.
11. Bolalar va o‘quvchilarning alohida muamolarini hal qilishda yordam berish.
12. Ota-onalarni tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda maslahatlar berish, muayyan holatlarini birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar berish.
13. Ota-onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojat qilish lozim ekanligini yuksak pedogogik odob bilan tushuntirish, berilayotgan ko‘rsatmalarga ularni ishontirish.
14. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan barcha ishlarni qayd qilish va belgilash.
15. O‘z faoliyatini natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o‘z muddatida axbarot berish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og‘ishmasdan rioya qilish.
16. Barcha maktablarda maxsus talablarga javob beradigan darajada jihozlangan psixologik xizmat xonasi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir .
17. Amaliy psixologlar seminarlari, anjumanlarida faol ishtirok etish.
18. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ijtimoiy psixologik axloqodob qoidalariga zid bo‘lgan tekshirishlar o‘tkazmaslik.
19. Bolalar, o‘quvchilarni tanlash komissiyasida ishtirok etish.
20. Ijtimoiy psixologik holatlarni o‘rganishda mahalliy hokimiyatga yordam berish va ommaviy barqarorlashtirishda oldingi safda bo‘lish.
2. Psixolog faoliyatini etik muammosi, kasbiy me’yorlarning o‘ziga xosligi
Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonna bir qator talablar qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur. Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan habardor bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi.
Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:
1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarur.
2. Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur.
3. Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur.
4. Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan.
5. Psixolog haqqoniy va samimiy bo‘lishi zarur.
6. Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim.
7. Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.
8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi zarur.
9. Agar psixolog mijozining haq- huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir.
10. U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo‘lishi zarur.
11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion, psixterapevtik natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas.

12. qilinadi.

U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab

13. Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi kerak.
14. Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida tafsilotlarni bermasligi zarur.

15. mahrumdir.

U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo‘llash huquqidan

16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur.

17. qilinadi.

Psixologik maslahatda albatta o‘z me’yorlariga amal qilishi talab

18. Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va tegishli jazo qo‘llaniladi.
3. Psixolog kasbiy faoliyatida proffessional turg‘unlik(stagnatsiya)
Hozirgi kunda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun: odam- inson- shaxs-individuallik- sub’ektkomillik ierarxiyasiga rioya qilish; -shaxsga sub’ektiv munosabat, yani unda robot sifatida barcha xususiyatlarini bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, "sub’ekt-sub’ekt" aloqasini vujudga keltirish;
-har qanday sub’ekt-shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish;
-shaxs sub’ekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozisiya, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish" kabi muammolarning bartaraf etilishi shaxsning ijtimoiy munosabatlar majmuasini kamol toptirishga xizmat qilishi tayin. Zero, inson munosabatlari uning xulq - atvorida ichki dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. (V.N. Myasishev-1957). Bunday boshqaruvchilikning yuksak ijtimoiy saviyada tarkib toptirilishi esa insonning hayotdagi ayrim muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan psixologik himoyalanish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Demak, munosabat psixologiyasi bo‘yicha qayd etilgan yuqoridagi mulohazalarning o‘ziga xos metodologik asoslari (tadqiqotlar)."Munosabatlar tizimini" psixologik xizmat jarayonida jiddiy o‘rganish va uni har bir shaxsda takomillashtirish lozim bo‘lgan ijtimoiy psixologik muxofaza omili (ko‘rsatkichlari) sifatida amaliy jihatdan tadqiq qilishga da’vat etadi. Psixologik xizmat jarayoni bilan bog‘liq shaxs muvaffaqiyatli faoliyatining 2-yo‘nalishiga individual-tipologik xususiyatlarga asoslangan harakatlarning namoyon bo‘lishi kiradi. Chunki, har bir inson u yoki bu ijtimoiy topshiriqni bajarar ekan, avvalo ushbu topshiriqni qanchalik tez, oson va sifatli qilib bajarish imkoniyatiga ega bo‘lsagina mazkur topshiriq shaxs kamolotiga xizmat qila olishi mumkin. Mazkur yo‘nalishdagi psixologik muhofazaning mohiyati shundaki, har bir shaxsning faoliyatga nisbatan keragidan bir necha barobar ortiq kuch sarflashga va osongina turli muvaffaqiyatsizliklarga uchramaslikka qarshi o‘laroq shaxs istiqbolini ko‘zlashga qaratilgan tadqiqotlar va tadbirlar ko‘lami oldindan belgilanadi. amaliy jarayon bilan bog‘liq shaxs muvaffaqiyatli faoliyatining uchinchi yo‘nalishi esa faoliyatga nisbatan faol ijobiy munosabatning tarkib topishi va namoyon bo‘lishidir. Bunda shaxsning faoliyatdan qoniqishi, xulq-atvoridagi motivatsion tizimning ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan boshqaruvchilikka taalluqli sifatlarini yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Zero, har jihatdan ijtimoiy faollikka xizmat qiluvchi sifatlar namoyon etilmagan joyda shaxs va jamiyat uyg‘unligining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi barcha imkoniyatlar qo‘ldan boy beriladi. Vaholangki, bunday "imkoniyatlar"ni hamisha "muhofaza" qilish nafaqat ijtimoiy tashkilotlarning, balki har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr- mulohazalar psixologiya fanining quyidagi amaliy- tatbiqiy yo‘nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi.
1. Amaliyotchi psixolog har bir shaxsning faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi lozim.
2. Amaliyotchi psixolog shaxsning faoliyat jarayonidagi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga bo‘lgan munosabatlaridagi ierarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog‘liq izlanishlar ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
3. Amaliyotchi psixolog jarayoni bilan bog‘liq ijtimoiy muhim ko‘rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Amaliyotchi psixolog ijtimoiy jarayonini ijtimoiy psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda ma’lum psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi.
Yüklə 18,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin