12-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Ommaviy foydalaniladigan axborotlarni aks ettirish vositalari



Yüklə 22,97 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü22,97 Kb.
#182793
1   2   3
12. Om-y foy-igan axb-i aks et-sh

Axborotlashtirish jarayoni deganda — inson faoliyatining muhim yo'nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uclum ko'rilgan kopleks chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali yechimlar topish uchun ko'plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi varatilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda.
Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko'plab mablag'larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o'z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish yo'llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko'paysa, shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o'z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda.
Har bir muhandis, xizmatchi, rahbarning o'z faoliyati davomida ko'plab qog'ozlarga bitilgan axborotni tahlil qilishiga to'g'ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun ko'plab vaqt sarflashga to'g'ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali yechish jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko'ndalang qilib qo'vmoqda.
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarning hal etilishini talab etadi:
1. Hisoblash texnikasi vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish.
2. Jamiyat a'zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o'rgatish.
3. Jamiyat a'zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda asbob va resurslaridan to'la va samarali ko’rsatkichlarini ta'minlash.
Axborotlashgan jamiyat — ko'pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bolm ish bilimlarni ishlab chiqarish. saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatidir.
Axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
axborot iqtisodiyotining rivojlanishi;
axborot tangligini bartaraf etish;
axborot texnologiyasining globalligiga erishish;
turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi;
axborot resurslarining ustunligini ta’minlash;
yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo'llash;
boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish.
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo'yicha ma’lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo'lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni tez qabul qilish va uning katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim.

Yüklə 22,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin