12. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish



Yüklə 127,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.06.2023
ölçüsü127,51 Kb.
#135324
  1   2   3


12. BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL QILISH 
Reja: 
1. Boshqaruv mehnati: ta’riflari, xususiyatlari va turlari. 
2.Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish 
3. Rahbarni o’zini o’zi boshqarishi 
 
1. Boshqaruv mehnati: ta’riflari, xususiyatlari va, turlari 
Boshkaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan 
operatsiyalar va ishlardir. 
Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi. 
Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig’ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi 
bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo’lsa, yig’ma mehnatning 
natijalari ham shunchalik yuqoridir. 
Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o’zlari bevosita 
mehnat predmetiga ta’sir ko’rsatmaydilar, ya’ni o’zlarining qo’llari bilan (mehnat vositalaridan 
foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish 
(tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo’lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun 
kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv 
vazifalarini bajarilishining sifati qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish ob’ekti shunchalik 
ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar
moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari- binolar, inshoatlar, boshqaruv apparati xodimlari 
mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimini faoliyati yuritish uchun xarajatlar
malakali mutaxasislar va h.k. dan foydalaniladi.Ulardan foydalanishning samaradorligi ham 
ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib, boshqaruv 
mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig’ma mahsulot 
ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi 
darajada zarurdir. 
Boshqaruv mehnati g’oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini 
ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga 
boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning 
o’zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni ko’llash sohalaridagi o’zgarishlar oqibatida, 
boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik 
vositalaridan foydalanishni o’sishi munosabati bilan turlarini o’zgartirmoqdalar. Boshqaruv 
mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompьyuter texnikasi inqilobiy o’zgarishlar kirit- 
moqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. SHunga 
qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va 
qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quyidagilardan 
iboratdir: 
- vazifani qo’yish; 
- qo’lda va kompьyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish; 
- axborotlarni tahlil qilish; 
- axborotlarni guruhlarga ajratish(qo’lda yoki kompьyuterdan foydalanish bilan); 
- kompьyutersiz eng oddiy hisoblashlar; 
- kompьyuterni qo’llash bilan hisob-kitoblar; 
- qarorlarni tayyorlash; 
- qarorlarni yakka holda qabul qilish; 
- qarorlarni jamoaviy qabul qilish; 
- hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k. 
Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat 
predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko’ra ma’muriy – boshqaruv 
xodimlariga, qoidaga ko’ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko’proq 
darajada asabiy tuyg’uli harakatlarni sarflashga to’g’ri keladi. 


Rahbarning mehnati g’oyatda turli tuman va ma’suliyatlidir. Unda shaxsiy, kollegial va 
jamoaviy faoliyat birlashadi. 

Yüklə 127,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin