12. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish


Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish



Yüklə 127,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.06.2023
ölçüsü127,51 Kb.
#135324
1   2   3
2.Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish 
Ilmiy asosda boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish 
kerakki, u fan yutuqlari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritishning ilg’or shakllaridan foydalanish, 
texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda 
ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini 
amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq 
tarzda o’rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil 
qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan holda 
oshirishdan iboratdir.  
Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va 
takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun “mehnatni ilmiy tashkil qilish” (MITQ) atamasidan 
foydalanilgan bo’lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga nisbatan tubdan farqsiz 
bo’lgan. Taxminan 60 yillarda “boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish” (BMITQ) atamasi 
ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi 
hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan. 
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi: 
- xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko’lamlarida, va ham har bir 
bo’linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi; 
- xodimlarni tanlash va joy joylariga qo’yish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning 
malakalari darajasini ta’minlash; 
- boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo’yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi 
va uni muxandisi–texnik ta’minlash bo’yicha faoliyatini tashkil qilish; 
- ish joylarini tashkil qilish va jihozlash; 
- ishning ilg’or usullaridan foydalanish; 
- mehnatning qulay sharoitlarini yaratish; 
- mehnatni me’yorlashtirish; 
- boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompьyuterlardan 
foydalanish; 
- mehnatni rag’batlantirish. 

Yüklə 127,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin