12.3.Ikkilik mantiqiy elementlarning qo’llanilishi.
Raqamli elektrotexnika sohasida ishlaydigan mutaxassislar ikkilik mantiqiy elementlarga bilan har kuni ro’para kelishadi. Mantiqiy elementlarni oddiy o‘chirib-yoqgichlarda, releda, vakuum lampa, tranzistorlar, diodlar yoki integral sxemalarda yig‘ish mumkin. Integral
sxemalarning keng qo‘llanilishi va arzonligini hisobga olsak, raqamli
qurilmalarni faqat integral sxemalarning o‘zidan yig‘ish maqsadga muvofiq. Asosiy mantiqiy elementlar 7 xil: “va”, “yoki”, “emas”,“va-emas”, “yoki-emas”, “birortasi, lekin hammasi emas”, “birortasi, lekin hammasi emasga yo’l qo’ymaydigan”.
Mantiqiy elementlar u yoki bu vazifani bajarganligi sababli ularni funktsional elementlar deyiladi. Funktsional elementlarni bir-biriga ulash natijasida funktsional sxemalar hosil qilinadi.
12.4. Mantiqiy sxemalarda analiz va sintez masalalari.
1. “Va” mantiqiy elementi.
“Va” mantiqiy elementini ba’zan “hammasi yoki hech narsa” elementi deb ham yuritiladi. Mexanik o‘chirib-yoqgich orqali “va” mantiqiy elementining ishlash printsipini ko‘rib chiqamiz.
Agar zanjirda A va B kalitlar ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda C zanjirda L1 lampa yonishi uchun A va B kalitlarning ikkalasi ham yopilishi kerak, ya’ni А=1 va В=1 bo’lishi kerak. Kon’yunktsiya xuddi shu xossalarga ega. Demak, “va” mantiqiy elementining ishlash printsipi kon’yunktsiya bilan bir xilda ekan.
“Va” mantiqiy elementining sxematik tasvirida ikkita kirish, bitta chiqish bo’lib, u quyidagicha:
“Mantiqiy” terminidan odatda biror bir qarorni qabul qilish jarayonida foydalaniladi. Shuning uchun ham mantiqiy elementni shunday sxema deyish mumkinki, unda kirish signallariga asoslanib, chiqishda “ha” yoki “yo‘q” deyish hal qilinadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, lampa yonishi uchun uning ikkala kirish joyida “ha” signali (kalitlar yopilishi kerak) berilishi kerak.
Rostlik jadvali “va” mantiqiy elementining ishlashi haqida to‘liq ma’lumot beradi:
A
|
B
|
Y=A&B
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
“Va” mantiqiy elementi uchun kiritilgan belgilash A va B kirish signallari “va” mantiqiy funktsiyasi bilan bog‘langan bo‘lib, chiqishda Y signal paydo bo‘ladi” deb o‘qiladi. Ushbu tasdiqning qisqartirilgan ifodasi Bul ifodasi (A&B) deyiladi. Bul ifodasi – universal til bo‘lib, injenerlar va texnik xodimlar tomonidan raqamli texnikada keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |