Kompyuter konfiguratsiyasi deganda asosan uning texnik va dasturiy parametrlari tushuniladi. Misol sifatida Lenovo B590 rusumli notebook ni olamiz .
Kompyuter tipi ACPI kompyuter bazasi x64 (mobile)
Operatsion tizimi esa Microsoft Windows 8.1 Professional
Kompyuter ismi SHOVVOZBEK
Foydalanuvchi ismi Jumanazarov
Micro protsessor Mobil DualCore Intel Pentium 2020m, 2400 MHz(24*100)
Ona plata Lenovo 20206
Tezkor xotirasi esa 2 ta 4 Gb DDR3 1600 DDR3 SDRAM ( 800 MHz)
BIOS turi- Phoenix (06/26/2013)
Video xotira- NVIDIA GeForce 610M (1Gb)
Monitor- LG Philips LP156WH4-TLP1 [15.6 LCD]
Qattiq disk(vinchestr) 1000 Gb
Klaviatura Integrated PS/2 Keyboard
Sichqoncha Lenovo Pointing Device
Wi-fi , Bluetooth , 3 ta USB port va 1.3 Mega piksell kamerasi va yana 6 soat zaryadni taminlab beruvchi batareyasi ham mavjud.
Operatsion tizimda kiritish chiqarishni boshqarish Operatsion tizimning hamma kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishi asosiy funksiyasidir. Operatsion tizim qurilmalarga buyruqlarni yuborish, uzilishlarni qabul qilishi va xatolarni qayta ulash amallarini bajarishi shart. Operatsion tizimli qurilmalar va tizimning qolgan qismlari orasida interfeys taminlab berishi kerak. Operatsion tizimning interfeysi rivojlantirish imkoniyatini yaratish uchun turli xil qurilmalar uchun bir bo`lishi kerak.
Kiritish chiqarish qurilmalari 2 turga ajratiladi
Blok yo`naltirilgan qurilmalar
Bayt yo`naltirilgan qurilmalar
Blok yo`naltirilgan qurilmalar o`zini malumotini,axborotini aniq hajmga ega bloklarda saqlaydi va ushbu blokning har biri o`zini adresiga ega. Eng keng qo`llaniladigan blok yo`naltirilgan qurilma disk.
Bayt yo`naltirilgan qurilmalar adresslanmaydi va qidirish amallarini bajarishni taminlamaydi. Ular faqatgina baytlarning ketma ketligini qabul qilishadi yoki yaratishadi. Masalan, terminallar, saytli printerlar.
Tashqi qurilma odatda mexanik va elektron komponentlardan iborat. Elektronik komponentli qurilmalarning kontrolleri adapter deb ham aytiladi. Mexanik komponent esa odatda qurilmaning o`zi. Bir necha kontrollerlar bir vaqt mobaynida bir necha qurilmani boshqarishi mumkin. Kontroller va qurilmani orasidagi interfeys standartlashtirilgan bazani ishlab chiqaruvchilar mos keladigan kontrollerlar va qurilmalar ishlab chiqishi mumkin.
Operatsion tizim odatda qurilma bilan emas balki kontroller bilan ishlaydi. Kontroller odatda oddiy funksiyalar bajaradi. Ular markaziy protsessor bilan ishlashda qo`llaniladi. Bazi kompyuterlarda ushbu registrlar fizikaviy address fazasining qismi deb hisoblanadi. Ushbu kompyuterlarda maxsus kiritish chiqarish amallari yo`q. Ba`zi kompyuterlarda kiritish chiqarish registrlarining adresslari erkin address fazasini yaratadilar.
Operatsion tizim kiritish chiqarish amallarini bajaradi. Buyruqlarni, kontrollerni registrga yozadi. Masalar, IBM ning egiluvchan disk kontrolleri.
Kiritish chiqarishni tashkil qilishning asosiy g`oyasi ushbu taminotning bir necha pog`onaga ajratishda pastki pog`onalar apparat tizimlarining afzalliklarini yuqori pog`onalardan ajratishini taminlab beradi. Yuqori pog`onalar va foydalanuvchi uchun qulay interfeysni taminlaydi. Dasturning turi malumotlarni egiluvchan diskdan yoki qattiq diskdan yozib olingan yoki o`qib olinganni farqi bo`lmasligi kerak. Mustaqillik g`oyaga yaqin g`oya bir shaklli nomlanishi, demak qurilmalarni nomlashda bir xil qoida kiritilishi shart.
Dasturiy ta`minotning yana bitta katta muammosi xatoliklarni qayta ishlash. Bor yo`q xatoliklarni qurilmaga yaqin qayta ishlash kerak . Agar kompyuter o`qish xatoligi aniqlansa kompyuter o`zi tuzatishga harakat qilishi kerak. Agar kompyuter xatoni tuzatmasa keyin ushbu xatoni qurilmaning drayveri tuzatishi kerak. Ko`p xatolar qaytadan kiritish chiqarish amallarini bajarganda yo`qolishi mumkin.
Kiritish chiqarish tizimining ko`p pog`onali tashkillashtirish