12-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Intranet.VPN. Reja: 1.Intranet tarmog’ining tarkibiy qismlari. 2.Kompyuter tarmoqlari. 3.VPN tarmog’i haqida tushuncha. Mavjud kompyuter tarmog’ida Intranet yaratishda uni quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan deb qarash mumkin:
• Kompyuter tarmog’i;
• Tarmoq amaliy tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi lozim;
• Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog’idagi mavjud yoki unga qo'shimcha kompyuter bo'lishi mumkin;
• Serverning dasturiy ta’minoti; u Web-tarmoq yaratishga, shu jumladan, mijozlardagi brouzerlarning HTTP formatidagi so`rovlarini qo’llab quvvatlaydigan bo’lishi lozim;
• Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmog’ida mavjud yo unga qo’shimcha kompyuterlar bo’lib, ularda TCP/IP protokolini qo’llab-quvvatlovchi brouzer o’rnatilib, tarmoq dasturiy ta’minoti sozlab qo’yilgan bo’lishi lozim;
• Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud himoya tizimi boshqatdan qayta qurishni talab qiladi. Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda quyidagi amallarni bajarish kifoya:
• Kompyuterlarni TCP/IP tarmog’iga birlashtirish;
• Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server xosil qilish;
• Web-serverda barcha zarur xujjatlarni, audio-, video-fayllarni, ma’lumotlar jamg‘armalarini joylashtirish;
• Xar bir mijoz kompyuterda Web-brauzer urnatish.
Web-texnologiyasiga qo’shimcha suratda Internet texnologiyalaridan boshqalarini xam qo`llash lozimligini aniqlab ularni amalga oshiruvchi dasturlarni o‘rnatish lozim. Bular elektron pochta (POP 3/SMTP), teleanjuman (NNTP - network news transfer protocol) xizmatlarini yo’lga qo’yish uchun mo’ljallangan dasturlar - protokollar bo’lishi mumkin. Shuningdek, mavjud kompyuter tarmog’idagi axborot himoyasi vositalarini boshqatdan qayta qurish lozim. Intranetni yangidan yaratish Intranet uz tuzilishiga ko’ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: Aloqa, server, mijoz va himoya qismlari. Shularning tuzilishi intranetning turlarini belgilaydi. Intranetning tugunlari bo’lmish server qismi serverlar soni, ularning jug’rofiy joylashishi va xizmat turlari bilan xarakterlanadi. Eng sodda Intranet tuzilmasi yagona serverga (bitta tugunga) ega bo’lib, unda Intranetda kursatiladigan barcha xizmat dasturlari mujassamlanadi. Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko’p tugun) bo’lib, ular bir-biriga yaqin – maxalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, birbiridan olisda, turli maxalliy tarmoqlar tarkibida bo’ladi. Aloqa qismi Intranetning Aloqa qismi maxalliy kompyuter tarmogi (LAN – Local Area Net) ning kompyuterlarsiz qismi yoki joylardagi kompyuterlar va LAN larni bir-biriga bog’lovchi mintaqaviy (yo xududiy) Aloqa (kommunikatsiya) tarmog’i (WAN – Wide Area Net) tarzida tarkib topgan bo’ladi. Intranetning Aloqa qismi LAN yo/va WAN texnologiyasining aynan o’zidir. Intranet sxemasi Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jug’rofiy joylashishiga bog’liq. Intranet sxemasi turlari ko’p. Quyidagi sxema turlari ko’p uchraydi:
• Maxalliy kompyuter tarmog’iga Intranet-texnologiyasini tadbiq etish asosida xosil etilgan yagona serverli Intranet.
Aloqa qismi.
• Yuridik shaxsning turli mintaqalar va xududlardagi maxalliy kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan intranet
Yuqorida keltirilgan maxalliy kompyuter tarmoqlari – LAN lar shartli suratda Yo’lak topologiyasida keltirilgan. Ularning ayrimlari Yulduz yo halqa topologiyasida ham bo’lishi mumkin. Shuningdek mijozlar va serverlar o’zaro quyida keltirilgani kabi mavjud paket uzib ulash tizimi asosida xam xosil qilinishi mumkin. Quyida har qanday Intranetning Aloqa qismi tarkibiga kiruvchi maxalliy kompyuter tarmog’i - LAN haqida to’xtab o’tamiz.
LAN atamasi dastlab Mr. Clark tomonidan 1978 yilda qo’llanilgan. LAN – yuridik shaxs idorasi, kollej, zavod, laboratoriya, institut kabi kichik bir xudud doirasida tarqalgan axborot texnikasi vositalari (kompyuter, bosgich, terminal, shlyuz va ho.k.)ni bir-biri bilan Aloqa vositalari orqali bog’lab beruvchi kompyuter tarmog’idir. LAN texnologiyasi tarmoq texnologiyasi, uzatish muhiti, uzatish tizimi va bog’lanib olish (kirish) tizimi bilan belgilanadi. Xozirgi kunda LAN texnologiyalari ichida Ethernet, Microsoft Token Ring ko’proq qo’llaniladi. Aloqa qismi Yulduz topologiyasi ga ketadigan sarf-xarajatlar va uning iloji boricha kattaroq xududga qo’llanilish imkoniyatlari xamda tugunning o’tkazuvchanlik qobiliyati o’rtacha ko’rsatkichlarga ega bo’lib, puxtaligi bo’yicha a’lo sanaladi.
Yo’lak topologiyasining puxtaligi o’rtacha bo’lib narxi arzon, lekin iloji boricha kattaroq xududga qo’llanilish imkoniyatlari va tugunning o’tkaza oluvchanlik qobiliyati past.
halqa topologiyasi boshqalardan qimmatrok, shunga yarasha uning barcha ko’rsatkichlari xam boshqalarnikidan kam emas.