K – shisha (qattiq qoplamali shisha) – float shisha ishlab chiqarish jarayonlarida issiq oynaga metallar oksidlari sepish usulida olinadi. Qoplama qattiq va uzoq muddatga chidamli boladi. U yoruglikni yuqori darajada otkazadi, qishda issiqlikni kam yoqotadi, laminatsiya, toblash va boshqa ishlovlarga molik sanaladi.
i – shisha (yumshoq qoplamali shisha) – Shishaga vakuummagnetron usulida kumush – energiyatejamkor qoplama sepiladi. Kumush sepilish sababli shisha yuzasida elektron otkazuvchan bolib, muayyan tolqin uzunligidan yuqori holda elektromagnit nurlanish ushbu metall yuzasidan qaytadi.
i – shisha maksimum energiyatejamkor, yoruglik otkazuvchan, kam nur qaytaruvchi va ichki kondensatsiyali xususiyatlarga ega boladi.
Kam emissiyali shisha oynali paketlar ishlatilganda uzun tolqinli infraqizil nurlanish qisqaradi, issiqlik tashqariga chiqmaydi va xona ichiga qaytadi. Shu vaqtning ozida qisqa tolqinli issiq quyosh nuri kam emissiyali shisha orqali betoxtov otish imkoniyati boladi va xonani qoshimcha isitadi.
Umuman kam emissiyali shisha oynali paketlarni ishlatish energiya yoqolishini 70% kamaytiradi.