12-mavzu. Banklarning kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish reja



Yüklə 20,63 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,63 Kb.
#182121
  1   2   3   4   5
12-mavzu (3)


12-MAVZU. BANKLARNING KASSA OPERATSIYALARI, ULARNI HISOBGA OLISH VA RASMIYLASHTIRISH
Reja:
1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi
2. Kirim kaasa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
3. Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi
4. Naqd pul zaxirasi bo’yicha operatsiyalar hisobi
5. Mijozlarning naqd pul tushumini inkassatsiya qilish operatsiyalarini hisobga olish
1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi
“O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy funkciyalaridan biri pul emissiyasidir. Banknotalar va tangalar ko’rinishidagi naqd pullar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to’lov vositasidir.
O’zbekistonda muomalada bo’lgan naqd pullar, ya‟ni banknota va metall tangalar kredit pullar hisoblanadi. Muomalaga pul chiqarish iqtisodiyotni kreditlash tartibida amalga oshiriladi. Muomalaga pul chiqarish va olishning mutlaq huquqi O’zbeksiton Respublikasi Markaziy Bankiga berilgan bo’lsa-da, lekin yuridik va jismoniy shaxslarni naqd pul bilan ta‟minlash asosan tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari o’rtasidagi hisob kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, komandirovka xarajatlari to’lashda va aksincha, aholi tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, madaniy oqartuv tashkilotlari, dehqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bozorida aholi guruhlari o’rtasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi. Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisbatan ancha kam bo’lsa-da, iqtisodiyotdagi iqtisodiy aloqalarning normal holatda tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul ishlatiladigan sohalarida tovarlarning sifati nazorat qilinadi.
Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini ko’rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya‟ni bank muassasasi o’z tarkibida tarkibiy bo’linma – kassa operatsiyalari bo’limiga ega. Kassa operatsiyalari bo’limida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyalari Markaziy bankning “Emissiya-kassa ishlari va naqd pul tushumini inkassatsiya qilish” to’g’risidagi 566-sonli hamda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo’riqnoma” (Ro’yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) asosida tashkil etiladi. Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari bo’limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim kassasi, chiqim kassasi, kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, qat‟iy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi. Ko’rsatib o’tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muassasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi.
Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bo’limini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan xodim, ya‟ni kassa operatsiyalari bo’limining boshlig’i boshqarishi lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o’rnatadi va uning ishiga rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to’g’ri tashkil qilish, bank muassasasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to’liq saqlanish uchun rahbar bilan teng darajada javob beradi.
Kassa operatsiyalari bo’limlarining boshliqlari egallab turgan lavozimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo’lim boshlig’i yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi. Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boyliklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta‟minlovchi zarur shartsharoitlarni ta‟minlashlari lozim. Banklardagi kassa tormozlari “Kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va o’rnatishning texnikaviy talablari”ga muvofiq holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qo’yish va qoidalarga ko’ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim. 150 Begona shaxslarning pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari va o’rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bo’lmasligi kerak. Kassa binosining eshiklari kun bo’yi davomida ichkaridan berkitilgan bo’lishi lozim. Eshiklarga tashqarini ko’rish uchun kichkina maxsus oynacha o’rnatilgan bo’lish kerak. Kassa tarmog’ining barcha derazalari kechki payt pardalar bilan to’silgan bo’lishi shart. Operatsiya kassasi, har bir kassirning ish joyi kabina o’rnatish orqali ajratib qo’yilishi lozim.
Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan mas‟ul bo’lgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug’iladi. Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo’lishi kerak, uning kod nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun aravachalar bilan ta‟minlanishi lozim. Mijozlarga xizmat ko’rsatiladigan darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o’rnatilishi lozim. Kassirlarning o’z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa tarmog’ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o’rnatilgan shkaflarda yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari namunalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug’ullanadigan hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan ta‟minlanishi kerak. Imzolar namunalarini tegishli xodimlarga o’z vaqtida berish va ular bekor qilingach, qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining bosh buxgalteri amalga oshiradi.
Ro’yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko’ra yangilanib turiladi. Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo’limida bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo’lgan hisobvaraqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisobvarag’ida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraq bo’yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya‟ni subschyot ochilgan:
10101 – Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 – Naqd pullar zaxirasi
10103 – Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10105 – Cheklar va boshqa to’lov hujjatlari
10107 – Bankomatlardagi naqd pullar
10109 – Yo’ldagi pullar
10111 – Bank binosida joylashmagan operatsion kassalardagi naqd pullar
Yuqorida ko’rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko’payishi debet tomonida, mablag’larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi.

Yüklə 20,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin