qilingan. G‘arb cherkovining Bogoroditsaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda
papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z
aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq
bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie
(tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy
(miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi.
CHo‘qin-tirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi
suvga cho‘ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda
amalga oshiriladi, go‘dak-ligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega
bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmish-lari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi.
Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustaxkamlanishiga xizmat qilishi
zarur.
Pravoslavlarda nikoxsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi.
Katoliklarda esa nikoxsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan
qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi - exromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar
hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi
birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim
tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam xomilador
bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni
anglatadi. O‘sha kuni ta’zim qilish uchun exromlarda go‘dak Isoning figurasi
qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater,
kendz) Episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi.
Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish
yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha
jabxalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda
ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz
kechildi.
Dostları ilə paylaş: