12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi
Reja:
1. Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti- to’rt oliy haqiqat, nirvana.
2. Buddizimdagi oqimlar va O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari,
ularning tadqiq etilishi.
3. Xristianlik va xristianlikdagi asosiy oqimlar.
4. Xristianlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi.
Tayanch so’zlar: Budda, Sidharta Gautama, Shakyamuni, Bxagavan ,
Tripitaka, Meditatsiya, Panch-Shila, Panchtantra, Xristos, Injil, Iso Masix,
Pasxa,Provaslav, Katolik, Protestant, Ikona, Bibliya
1. Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti – to’rt oliy haqiqat, nirvana.
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan
avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar,
asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka,
Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam,
Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika
qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat
qiladilar.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng
doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan
kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan,
diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.
Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko’plab buddaviylik bilan
shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot
qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol’klor va badiiy
adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa,
Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha:
Siddxarta – shaxsiy ismi, Gautama – urug’ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki
shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata – shunday
qilib shunday ketgtan, Djina – g’olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar
ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik
(buddizm, buddiylik ) nomi berilgan.
Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama – Budda er.av. 623 yilda tug’ilib,
544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’lishini er. Av. 564
yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 – 480 deb to’liq sonlar
bilan ko’rsatadilar.
Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog’ida,
o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar.
Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z
ta’limotini tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z
ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan
joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u erda kuydirilib, uning
xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida
ibodatxona barpo etdi.
Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan ,
amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi “ Hayot – bu azob,
uqubatdir ” va “ najot yo’li mavjud ” degan g’oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga
ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’uladi, o’zini o’zi halok
qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4
haqiqatda o’z ifodasini topgan.
Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon uni boshidan
kechiradi, shuning uchun har qanday hayot – qiynoq, azob – uqubatdir.
Tug’ilish - qiynoq, kasallik – qiynoq, o’lim – qiynoq, yomon narsaga duch kelish –
qiynoq, yaxshi ko’rilgan narsadan ayrilish – qiynoq, o’zi hohlagan narsaga ega
bo’lmaslik – qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech
bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning
birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu
holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki
ma’naviy bo’lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z
xususiyatlariga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning
hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi
Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi:
tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson
ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni
bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh
forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos
bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu
prosess “hayot g’ildiragi” ni tashkil qiladi. “Hayot g’ildiragi”da doimiy ravishda
aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo’ladi.
Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. Inson moddiy narsalar yoki
ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va
doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi.
Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli
kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’lish, yangitdan qiynoqlarga
duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana
holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat – “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar,
intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson
qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “Hayot
g’ildiragidan” tashqariga chiqishdir. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy
tuyg’ularini to’la tugatilishidir.
To’rtinchi haqiqat– qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l – quyida bayon
etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo’ldan brogan inson Budda yo’lini
tutadi.
Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq;
3. Donolik.
1.
To’g’ri tushinish;
2.
To’g’ri niyat qilish;
3.
To’g’ri o’zini tutish;
4.
To’g’ri anglash;
5.
To’g’ri harakat qilish;
6.
To’g’ri muomalada bo’lish;
7.
To’g’ri fikr yuritish;
8.
To’g’ri gapirish;
Axloq normalari – Budda “Pancha Shila” nasihati:
1.
O’g’irlikdan saqlanish;
2.
Gumrohlikdan saqlanish;
3.
Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;
4.
Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;
5.
Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;
6.
O’yin – kulgidan saqlanish;
7.
Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish;
Donishmandlik – bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini
to’g’ri tushinish.
Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari
buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta
g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi.
Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish
ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana
holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish
uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni
o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni
kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu
sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi.
Buddaviylikning yoyilishida Sangxa –
buddaviylik jamoalarining roli katta
bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi
bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar,
qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini
buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda
ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina
Musson yomg’irlari tinmay quygan 3
oydagina o’z ibodatxonalarida muqim
bo’lib ibodat bilan shug’illanganlar
Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda
hukmronlik qilgan Imperator Ashoka
davri buddaviylikning keng hududga
yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi.
Buddaviylik eramizdan avvalgi I ming
yilliklar oxirlarida Shri – Lankaga va
O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z
ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan
arxeologik qazish ishlari asnosida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa,
Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan Shak’yamuni sanamlari, hayvon
haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha
Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan.
Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreaga, VI asrda Yaponiyaga,
VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII
asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX – XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga
kirib brogan.
Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon
qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) – uch savat ma’nosini
anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganlgi uchun shunday nom bilan atalgan.
Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri – Lankada saqlanib qolgan.
U eramizning boshlarida shakllangan. Ular – budda targ’ibotining haqiqiy bayoni
hisoblahgan sutra matnlari (sutta - pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar
nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya - pitaka), buddaviylikning
falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma
matnlari (abxidxarma - pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy,
Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng
tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli
rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.
Dostları ilə paylaş: |