13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
  1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu



13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi 
Reja: 
1. 
Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit. 
 
2. Muhammad payg’ambar (a.s) hayoti va faoliyati. 
3. Islomda mazhablarning paydo bo`lishi. 
4. Tasavvuf va hozirgi zamon. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Islom,Hijoz, quraysh, haniflar, muslim, umma, halifa, 
vahiy, Qur’on, hadis, sunnat, suhuf, sura, Usmon mus’hafi, ro’za, zakot, shariat, 
farz, 
shialar, 
mazhab, 
mutakallimlar, 
mu’taziliylar.Oyat; 
Pora, 
juz’;Pergament,Tafsir, 
Hofiz;Qiroat;Hadis;Sunnat;Roviy;Isnod;Sahih;Zaif;Muhaddis; 
1.Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar (a.s) 
hayoti va faoliyati. 
Islom dini yuzaga kelishi jihatidai jahon dinlari ichida uchinchi o’rinda turadi. 
Islom dini Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo, Kavkaz 
xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham ularning 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron, 
Pokiston, Afg’aniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari 
mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDX, davlatlari xududida 
Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston 
xalqlari o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli 
qit’alarda yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy 
farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan 
hamda jahon ijtimoiysiyosiy va madaniy hayotida salmoqli o’rinlardan birini 
egallaydi. XX asrda musulmonlar dunyo aholisining 15-16 foizini tashkil etgan 
bo’lsa, bugungi kunda bu ko’rsatkich Er yuzidagi har besh kishidan birini tashkil 
etmoqda. 2025 yilda esa, dunyo aholisini 30 foizini islomga e’tiqod qiluvchilar 
tashkil etishi mumkin. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), 
Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 
mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), 
Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan.
Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi 
arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Arabistonning qulay 
geografik o’rni (hududidan g’arb va Sharq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari 
o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik 
qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi Yarimorolning hududlarida 
turlicha bo’lgan. Uning bepoyon cho’llarida yashagan ko’chmanchi arablar 
chorvachilik bilan shug’ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va 
Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yuli 
o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug’orishga 
asoslangan dehqonchilik va qisman xunarmandchilik rivojlangan. Milodiy I asrda 
Arabistonning janubi-g’arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV—VI 


asrlarda bu erla Makka. Yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda 
istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan 
boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy 
jonlanish natijasida ko’chmanchi chorvador qabilalarda urug’-qabilaviy 
munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo’lish jarayoni 
kuchaygan. Islomgacha bo’lgan davrda Arablarda johiliya davri hukm surgan. 
«Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik- nodonlik», ma’nolarini beradi. Bu 
davrda axloqsizlik, nodonlik, sudxo’rlik, xotin-qizlarga past nazar bilan qarash 
holatlari kuchayib borgan edi. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, 
Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini 
qadimdan Hijoz deb atalgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga 
kelguniga qadar «ko’pxudolilik» e’tiqodi hukm surardi. Islomgacha Arabistonda 
turli xil dinlar mavjud edi. Semit qabilalari an’analariga ko’ra, quyosh, Oy, 
tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar va ruhlarga sig’inganlar. Har bir 
qabilaning o’z xudolari, totem yoki fetishlari mavjud bo’lgan. Ular gohida bir-
biriga qarama-qarshi edi. Qabilaning diniy tasavvurlari faqat mazkur qabila 
a’zolarininggina birligini ta’minlagan, umumarab dini esa yo’q edi. “Allohning 
Rasuli dunyoga kelishi arafasida Arabiston yarim orolida tarqoq, qabila tuzumida 
istiqomat qiladigan xalqlar butparastlik va jaholat botqog’iga botib qolgandilar. 
Payg’ambar Ibrohim (a.s.) va uning o’g’li Ismoil (a.s.) tiklagan muqaddas Ka’ba 
but va sanamlarga to’lib bo’lgandi. Qabilalar tinmay o’zaro janglar olib borar, 
ijtimoiy va mulkiy tengsizlik chidab bo’lmas darajada edi. Jaholat shu darajaga 
borgandiki, ayrim qabilalarda qiz farzand dunyoga kelsa, uni tiriklayin ko’mib 
yuborar edilar”. Demak, Arabistondagi iqtisodiy inqiroz, tarqoq qabilalarni 
birlashtirishga intilish Yangi mafkuraga talabni kuchaytirgan va islom shunday 
mafkura sifatida vujudga kelgan. Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga 
totemizm, fetishizm, animizm elementlari va o’tmish ajdodlar ruhiga sig’inishni 
kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko’pgina qabilalarning 
nomlarini keltirish kifoya: asad “arslon”, kalb “it”, bakr “bo’taloq”, sa’lab “tulki”, 
zi’b “bo’ri” va h.k. Barcha somiy xalqlarga xos bo’lgan samoviy jismlarga 
sig’inish, ya’ni astral kultlar arablar orasida ham keng tarqalgan edi. Arabistonda 
har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulti bir vaqtda paytda paydo bo’lgan emas, 
albatta. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning 
xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga 
ibodat qilishni targ’ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo’lgan.
Keyinchalik butlarga sig’inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-
sanamlarga sig’inish – dinning Yangi bosqichi bo’lgan. Ibn alKalbiyning (v. 763 
y.) «Kitob al-asnom» asarida ta’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab 
qabilasi o’z sanamiga ega edi. Tez-tez bo’lib turadigan qabilalararo urushlardan 
so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba’zida 
g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanamlari safiga qabul qilishi 
mumkin edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud 
bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. 
Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar 
to’plandi. Ibn al-Asirning (vafoti 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili 


Ka’ba ichida 360 ta sanam bo’lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko’rinadi, 
ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo’lsa, u Ka’baga 
shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin. Islomdan oldin Arabistonda Yahudiy 
jamoalari mavjud bo’lgan. Arabiston Yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, 
tafsir, sira (Payg’ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi 
adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va 
hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi 
Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-
542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o’ziga poytaxt qilib olgan 
Nabonid bu erdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini 
ko’chirgan; ularning ko’pchiligini Yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan 
oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 
ming Yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgan 
edi. Shundan so’ng ham ba’zi Yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib 
ketgandilar. Arabiston yarim orolida Yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini 
ham tarqaldiIjtimoiy ziddiyatlar va arab qabilalarining og’ir tanglikdan chiqish 
uchun markazlashgan mustaqil davlatga birlashishga harakatlar kuchaygan. Buning 
uchun tarqoq arab qabilalarini birlashtiruvchi mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq 
qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqqan. VI asrda 
Janubiy Arabistonda haniflar (arabchada — chinakam e’tiqod qiluvchilar, 
taqvodorlar degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni yakka xudolikka da’vat etuvchilar 
harakati keng yoyilgan. Ularni «haniflar» deb atalganligining sababi hozirgacha 
aniq emas. Ayrim manbalarda harakat ishtirokchilarining ko’pchiligi “banu hanifa” 
urug’idan chiqqanligi bois shunday nom berilganligi qayd etiladi. Ular sanamlar, 
fetishlar va turli xudolarga sig’inishni qoralab, Yagona xudoga sig’inishga da’vat 
qilganlar. 

Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin