12-mavzu. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari Reja


-rasm. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari



Yüklə 211 Kb.
səhifə4/4
tarix23.06.2023
ölçüsü211 Kb.
#134693
1   2   3   4
12-Mavzu (3)

12.1-rasm. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari1

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning umumiy summasi asosiy (loyiha-qidiruv ishlari, maydon tayyorlash, qurilish, texnologiya hamda uskuna-jihozlar sotib olish, montaj, xodimlarni o’qitish va boshqalar) va aylanma (xom ashyo, materiallar, chetdan xarid qilinadigan yarim fabrikatlar, yoqilg’i, energiya, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlari va boshqalarni) kapitalga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi.


Shunday qilib, investitsiya faoliyati o’zining aniq tasniflash mezonlari va yo’nalishlariga ega bo’lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:
– qimmatli qog’ozlar bozori orqali moliyalashtirish;
– xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;
– tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag’lari hisobidan ulush qo’shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;
– sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;
– investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;
– venchurli moliyalashtirish;
– korporativ moliyalashtirish;
– lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish – yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) – kapital qo’yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar – ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday moliyalashtirish, asosan, innovatsion banklar va venchur firmalari (fondlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlariga xos bo’lgan aralash shakldagi moliyalashtirish, xo’jalik subyektlari va aholining bo’sh mablag’larini to’g’ridan-to’g’ri investitsiya obyektiga yo’naltirish, budjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari evaziga moliyalashtirish kabilarni ham kiritish mumkin.

1 G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: «Moliya», 2003. – B. 80.


Yüklə 211 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin