12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari


 Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#180117
1   2   3   4
12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja-fayllar.org

3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay shakllari 

farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab


toʻlanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab boʻlmaydigan, 
balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-
texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq toʻlashda) 
yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita


ishchiga bogʻliq boʻlmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash)


qoʻllaniladi. 


Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan
ishining hajmiga qarab toʻlanadigan ish haqidir.
4. Ish haqining tabaqalanishi, Yagona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari 
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga 

oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi boʻyicha, ular ichida esa ishlab


chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
- tarif-malaka ma’lumotnomalari;
- tarif stavkalari; 
- tarif setkalari;
- ish haqiga nisbatan qoʻllaniluvchi turli koeffitsientlar. 


Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u
yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib, 
ularda muayyan ishni tariflash uchun qoʻyiladigan razryadlar ham koʻrsatiladi.

Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham boʻlib, ular birinchi
razryadli ishchiga haq toʻlash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq toʻlashning oʻzaro 
nisbatini koʻrsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng boʻladi).

Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin