ishchiga bogʻliq boʻlmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash)
qoʻllaniladi.
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori
va sifati yoki bajargan
ishining hajmiga qarab toʻlanadigan ish haqidir.
4. Ish haqining tabaqalanishi, Yagona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi
yordamida amalga
oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi boʻyicha, ular ichida esa ishlab
chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga
qarab ishchi va
xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- tarif-malaka ma’lumotnomalari;
- tarif stavkalari;
- tarif setkalari;
- ish haqiga nisbatan qoʻllaniluvchi turli koeffitsientlar.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u
yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib,
ularda muayyan ishni tariflash uchun qoʻyiladigan razryadlar ham koʻrsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham boʻlib,
ular birinchi
razryadli ishchiga haq toʻlash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq toʻlashning oʻzaro
nisbatini koʻrsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng boʻladi).