72
Byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning amaldagi tizimi
Turayeva Gulizahro
Guliston Davlat Universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi
Abduhamidov Jaloliddin
Yusupov Behruzbek
Isoqov Jasur
Axmadova Dilnoza
Ubaydyllayeva Farangiz
Guliston Davlat Universiteti “DO’YQT” yo’nalishi talabalari
Annotatsiya:
.Maqolada hozirda byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritishni avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturisiz tasavvur qilib
bo’lmasligi. Sababi byudjet tashkilotlarida kunsayin qayta ishlanishi lozim bo’lgan
axborot miqdori ortib bormoqda ularni UzASBO dasturida ishlatilishini
joriy etilishi
va mehnatga haq to’lash schyotlarini joriy etilishi bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so’zlar:
ish haqi, ish haqi tizimi, rag’batlantirish, bazaviy lavozim maoshi,
tarif setka,
milliy daromad, mehnat miqdori va sifati,
ijodiy mehnat, innovatsion
iqtisodiyot
Kirish
.
Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to’lashning
amaldagi tizimi, xodimlarni mehnatiga haq to’lashni avtomatlashtirilganligini
va shu
kunga qadar eng kam ish haqi miqdorlarni oshganligi va ularni UzASBO dasturida
ishlatilishini joriy etilishi va mehnatga haqto’lash schyotlarini joriy etilishi
Bugungi
kundagi dolzarb masaladir..Byudjet tashkilotiga reja asosida mehnat haqi fondi
belgilanadi. Mehnat haqi fon-di rejadagi va hisobotdagi fondlarga bo’linadi. Vaqtning
muayyan davrida xodimlargamehnat haqi to’lash uchun
byudjet tashkilotining
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan pul mablag’lari summasi mehnat haqining
rejadagi fondi hisoblanadi. Muayyan davr uchun shtatdagi
va shtatdan tashqaridagi
xodimlarga haqi-qatda hisoblangan mehnat haqi summasi mehnat haqining hisobotdagi
fondi hisoblanadi. Mehnat haqi qaysi vaqtga to’lanayotganligi, mikdori va bajarilgan
ishlarning sifatiga qarab asosiy va ko’shimcha mehnat haqiga bo’linadi.
Xodimlarning ishlagan vaqti uchun yoki bajargan ishlarining miqdori va sifati uchun
to’lovlar asosiy mehnat haqi hisoblanadi. Xodimlarga qonunda ko’zda tutilgan
ishlamagan vaqti (ta’til vaqti uchun to’lov, davlat va jamoat vazifalarini
bajargan
davri uchun to’lov, o’smirlarga imtiyozli soatlari uchun to’lov va boshqalar) uchun
to’lovlar qo’shimcha mehnat haqi hisoblanadi.