Tahlil va natijalar .
Byudjet tashki-lotlarida xodimlarningish haqini hisoblash-da tashkilotlarda
UzASBO dasturi orqali avtomatlashtirilgan tarzda hisoblanadi.O’zbekiston
Respublikasi Moliya vaziri-ning 2010 yil 17 dekabrdagi 105-sonli buyrug’i bilan
tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda
2169-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tash-kilotlarida buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi yo’riqnoma”ning 285-bandiga muvofiq, ish haqini hisoblab yozish
uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik,
bo’shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali hamda ish haqi stavkalariga
muvofiq joydan-joyga ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-shakldagi foydala-nilgan
ish vaqti hisobi, ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Tabellar tashkilot
rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan
shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo’yicha yoki tuzilmaviy bo’linmalar
(bo’limlar, bo’lin-malar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqa-lar)ga bo’lingan holda
yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori,
shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida ish haqi
har oyda xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimi-vaqtbay, ish natijalariga ko’ra
yoki vaqtbay-ishbay bo’lishiga qarab hisoblanadi.
Bunda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoniga binoan, 2023 yil 1 maydan boshlab
byudjet tash-kilotlari xodimlarining ish haqi 7 foizga oshiriladi. Hujjat aholi turmush
darajasini yaxshilash va fuqarolar daromadlarini izchil oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar ko’lamini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.
2023 yil 1 apreldan boshlab:
•mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori–980 ming so’m miqdorida (oldin
920 ming so’m);
•bazaviy hisoblash miqdori–330 ming so’m miqdorida (oldin 300 ming so’m)
belgilandi.
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini
hisoblashning ishbay shaklida ish haqi –ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, sifati,
bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga ko’ra asosiy va qo’shimcha ish haqi
tarkibi hisoblanadi