Interaktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv elementlarni yaratish mumkin: kitob (Книга), glossariy yoki katalog (Каталог), savol-javob (Вопрос-ответ), vaqt shkalasi (Временная шкала). Interaktiv elementlar yordamida ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin.
iSpring dasturi interfeysi Microsoft Office dasturlarining interfeysiga o’xshash bo’lib, ekranning yuqori qismida lenta maydoni mavjud. Bu maydon to’rtta vkladkadan iborat: kniga, dizayn, vid va spravka. Har bir vkladka tarkibida shu vkladkaga mos buyruqlar mavjud.
Kniga vkladkasi 5 blokdan iborat.
“Страница” blokida kitob sahifalarini yaratish hamda yaratilgan sahifalar nusxasini ko’paytirish (дублировать) yoki mavjudlarini o’chirish. “Шрифт” bloki turli shriftlardan foydalanish imkoniyatini beradi hamda matnni tahrirlash uskunalaridan tarkib topgan.
“Рисование” bloki yordamida mos buyruqlar yordamida kitobning birinchi sahifasiga tasvir va personaj qo’yish mumkin. “Дизайн” menyusi yordamida kitobning dizayni va shaklini o’zgartirish mumkin. Kitob sahifasi uchun rang tanlash imkoniyati ham mavjud.
“Вид” menyusida kitob tahrirlash jarayonida kitobning holatini sozlash mumkin. Shundan so’ng 3D-kitobni internetga joylash va foydalanuvchilarga taqdim etish mumkin.
“Главная” menyusidagi “Публикация” buyrug’ini ishga tushiramiz va interaktiv kitob nomi, ushbu kitobni saqlash kerak bo’lgan manzilni ko’rsatamiz. “Сжатие” vkladkasida faylni siqish metodini tanlaymiz. Kitobni nashr etgandan so’ng, kitobni brauzer oynasi yoki Adobe Flash Player yordamida ko’rish mumkin. Glossariyyokikatalogyaratish. Glossariy elektron axborot ta’lim resurslarining
eng asosiy qismi hisoblanadi. Glossariy yoki katalog yaratish uchun “Каталог” tanlaniladi. “Заголовок” interaktivnosti bo’limiga Glossariy nomi kiritiladi. “Новый” element yordamida har bir termin uchun oyna ochiladi. Element qismida termin nomi va pastki maydonda uning izohi kiritiladi. Barcha termin va uning izohlarini kiritib bo’lgandan so’ng “Публикация” elementi yordamida glossariyni interaktiv ko’rinishga o’tkazish mumkin.