12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Tovarning hayotiy davri va bosqichlari



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə41/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

16.2. Tovarning hayotiy davri va bosqichlari

Tovarning hayotiy davri - tovarning bozorda paydo bo’lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo’lgan vaqt oralig’idir. Tovarning hayotiy davri kontseptsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo’lmasin, bu tovar bozordan ertami-kech undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovar hayotiy davrining diapazoni ancha keng bo’lib, u bir kunlik tovardan bozorda o’z o’rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo’lishi mumkin.
Tovarning hayotiy davri kontseptsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965 yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm kabi hayotiy davrini o’taydi. Ma'lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug’ilish, so’ngra etuklik, qarilik bosqichlarini o’tib, o’lim bilan o’z yashash davrini tugatadi. Shunga o’xshash qiyoslasak, tovar hayotiy davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, etuklik va chiqish kabi bosqichlarni o’taydi.
Tovarning tipik hayotiy davri 30-chizmada berigan:

Sotish va foyda

1-bosqich 2- bosqich 3- bosqiсh 4- bosqich
Sotish
Foyda



Vaqit
Kapital Tadqiqotlar va O’sish Yetuklik va

qo’yilmalar tovarni ishlash Bozorga chiqish bosqichi to’yinish Chiqish zararlar bosqichi bosqichi bosqichi bosqichi

30-chizma. Tovarning hayotiy davri mobaynida tovarning sotilishi va foydaning tavsifi

Tadqiqotlar va tovarni ishlash bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin - g’oyalar, ishlanmalar ko’rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan chizmada bu bosqichga tartib raqami qo’yilmagan, chunki hali tovarning o’zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste'molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potentsial iste'molchilar kimlar bo’lishini va g’oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo’ljallash mumkinligini atroflicha o’rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi - bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu erda marketingning vazifasi potentsial iste'molchilarga yangi g’oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iboratdir.


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin