12.4. Marketingning funktsiyalari va tamoyillari Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib olish kerak: uning asosiy sub'ektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning ob'ektlari qanday, u qanday vazifalarni hal qiladi va uning funktsiyalari va tamoyillari nimalardan iborat?
Marketingning asosiy sub'ektlari - ishlab chiqaruvchilar, marketing bo’yicha mutaxassislar, vositachilar va xilma-xil mahsulot va xizmatlarning iste'molchilari hisoblanadi (19-chizmaga qarang).
Marketing ob'ektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g’oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi. Marketing ob'ektlarini, odatda, "tovarlar" tushunchasiga birlashtiradilar.
Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat ijtimoiy maqsadlari uchun mo’ljallangan tovarlarga bo’linadi.
19-chizma. Marketing sub'ektlari
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash qiyin.
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir.
Tashkilot marketingning ob'ekti sifatida tashkiliy struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing ob'ektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik qurilishlari, investitsiya ob'ekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar.