8.Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo‘ladi.
TOPSHIRIQLAR
1.Matnkomponentlario‘rtasidagisintaktikaloqahaqidama’lumotbering.
2.Mazmuniy yaqinlik va mazmun izchilligi tushunchalarini izohlang.
3.Kontakt va distant aloqa deganda nimani tushunasiz?
4.Matn qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
5.Murojaat birliklarining matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.
Dostları ilə paylaş: |