12-Mavzu: Menejment tizimidagi tashkilotlarning turlari Reja


Boshqarish strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak



Yüklə 187,95 Kb.
səhifə4/12
tarix14.12.2023
ölçüsü187,95 Kb.
#177638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Boshqarish strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak.
Bo‘g‘in va bosqichlar sonining asossiz ko‘payib ketishi:

  • boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishga;

  • axborotlarning o‘tish yo‘li va vaqtining cho‘zilib ketishiga;

  • boshqarishda paralelizm va takrorlanishlarning vujudga kelishiga;

  • boshqarishda mas’uliyatsizlik unsurlarining tug‘ilishiga va pirovardda boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi.

2. Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta’minlashi lozim.
Bu faoliyat joriy vazifalarning o‘z vaqtida va moxirlik bilan tez xal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob’ektlarining joylashuvi xam ta’sir-ko‘rsatadi.
Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi

Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari ma’lum.



Xar bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar avvalo vertikal aloqalrdir. Ular raxbarlikning va bo‘ysinishning turiga ko‘ra bir biridan farq qiladi.
Agar raxbarlik tulaqonli bo‘lib, qo‘yi organ qo‘yi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo‘lsa, u xolda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar raxbarlik cheklangan bo‘lib, qo‘yi organ qo‘yi faoliyatga doir o‘zining masalalariga daxldor bo‘lsa, u xolda bu xildagi aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o‘rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar xam mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va xamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv stukturasida asosiy o‘rinni xokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar xam muxim axamiyatga egadir. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo‘lga qo‘yishga xal qiluvchi axamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turli xilda bo‘lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug‘ullanish yoki do‘stona munosabatlar, birga o‘qiganlik, kiradi.
Norasmiy aloqalargi xam e’tibor berish kerak.
Chunki:

  • norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo‘g‘inlari bilan kesishadi;

  • qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo‘ladi va korxonaning barcha ishiga ta’sir ko‘rsatadi;

  • norasmiy tizim o‘zining ko‘pgina ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.

Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jixatlari xam yo‘q emas. Extiyotkorlik, sezgirlik yo‘q bo‘lgan joyda guruxbozlik, maxalliychilik, qarindosh-urug‘chilik va shunga o‘xshash ko‘rinishlarning sodir bo‘lishi xech gap emas.
Chiziqli struktura boshqarish strukturasining eng sodda turi bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishga ega.
Bunda boshqarishning xamma funktsiyalari korxona raxbari (1) qo‘lida to‘planib, barcha qo‘yi raxbarlar (A,B,V) va ishlab chiqarish yacheykalari (A1,A2;B1, B2; V1,V2) unga bo‘ysinadi. Har bir raxbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va xamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo‘sinuvchi xodimlar faqat o‘zlarining bevosita raxbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi raxbar xodimlarga ularning bevosita boshlig‘ini “chetlab” murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig‘ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa raxbarlikning vertikal liniyasi va bo‘ysunuvchilarga ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘li ochiladi.

3.1sxema. Boshqarishning chiziqli strukturasi.
Boshqarishning chiziqli strukturasi unga murakkab bo‘lmagan ishlab chiqarish sharoitida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar xajmi kam bo‘lganda o‘zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, qo‘lamining kengayib borishi boshqarish funktsiyalarini tabaqalashtirishini talab qiladi, chiziqli strukturaning o‘rniga chiziqli - shtabli strukturaning vujudga kelishini taqazo etadi.
Chiziqli-shtabli struktura xar bir chiziqli raxbar qoshida ixtisoslashgan xizmatlar, maslaxatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko‘rinishga ega.



3.2-sxema. Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasi.

Shtablarning vazifasi xar xil muammolarni o‘rganish orqali raxbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga extiyojning paydo bo‘lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mexnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.


Chiziqli raxbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi birlamchi vazifalarning bajarishiga javobgar bo‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tob’e bo‘lgan ikkilamchi vazifalarni bajarilishga javobgardirlar. Ular maslaxat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli raxbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslaxatlar ichidan maqsadga muvofiqligini aniqlash va uni uzil - kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo‘lgan uchun korxona faoliyati bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa olinadigan maslaxatlar qarama - qarshi bo‘lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday xollarda xar ikkala tomon o‘zinikini maqullashga, o‘z obro‘larini saqlashga xarakat qiladi. Natijada o‘rtada nizo chiqadi.
Shtabdagi menejerlar o‘zlarini mutaxasis, o‘z soxalarining bilimdoni ekanligini isbotlamoqchi bo‘lsalar, chiziqli raxbarlar esa yakka raxbar ekanliklarini pesh qiladilar. §arb menejmentidagi ayrim nazariyotchilar bu ikki turdagi menejerlar korpusini yaxlit tashkilot tarkibidagi qarama - qarshi sotsial gurux deb atashadi. Bu erda shtabdagilar o‘zlarini elita darajasida xis etadilar. Yirik korporatsiyalardagi shtablar ko‘p xollarda mazkur korxonaning asosiy markaziy organlariga aylanib qoladilar va chiziqli organlar faoliyatini murakkablashtirishga urinadilar. Bunday vaziyatdan qutilish uchun korxonalar boshqarish strukturasiga o‘zgartirishlar kritib shtablar sonini yoki ularning xodimlarini qisqartirishga erishadilar.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki chiziqli raxbarlar o‘z diqqatlarini ilmiy - tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar.Kamchiligi esa boshqaruv tizimiga ortiqcha bo‘g‘inlarning paydo bo‘lishi, natijada boshqarish tezkorligini susayishi, boshqarish xarajatlarining o‘sishidadir.
Bu boshqaruv strukturasi raxbarlar va struktura bo‘g‘inlarini xar xil vazifalarga va aniq bo‘linmalarda boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda xar bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo‘yiladi. Masalan, biri marketingni ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchunchisi esa moliyani boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning xamma funktsiyalarni bajarishi lozim bo‘lgan universal raxbarlar o‘rniga o‘z soxasini puxt biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxasislar apparati paydo bo‘ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar raxbarlari va mutaxassislari:

  • o‘z soxasini chuqur va puxta biladigan;

  • jarayonlar va xodisalarni taxlil qilish va baxolash qobiliyatiga ega bo‘lgan;

  • o‘z xulosa va tavsiyalarini ximoya qila oladigan;

  • chiziqli struktura rxbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo‘lishi kerak.

Funktsional bo‘linmalar bevosita barcha qo‘yi struktura bo‘linmalarining (A1, A2, A3, B1, B2, B3) faoliyatini boshqaradi (punktr chiziqlarga e’tibor bering). Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya kompetentsiyasiga ta’luqli tor doiradagi masalalar bo‘yicha quyi bosqichning organlari va bo‘linmalari faoliyatiga raxbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo‘limi tsexlarning reja byurolariga raxbrlik qiladi.
Bunda xam funktsional bo‘limlar raxbarlarining vertikal bo‘yicha ierarxiyasi va bo‘ysinishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o‘laroq, bunday bo‘ysinishi ma’muriy emas, bulki sof uslubiy maslaxatli bo‘ysinishdir. Masalan, korxona reja bo‘limining boshlig‘i tsex reja byurosi boshlig‘iga xatto aynan shu vazifaga doir masala bo‘yicha xam buyruq berish xuquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori tsex boshlig‘iga berish mumkin, tsex boshlig‘i esa tsex reja byurosi boshlig‘iga shunday bera oladi.



Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan raxbarlariga malakali yordam ko‘rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va raxbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko‘pgina muammolarni xal etish gorizontal bo‘yicha kelishib olish va muvofiqlashni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil maxsulot ishlab chiqarishga ko‘chadigan bo‘lsa:

  • materiallarni sarflashning yangi normasini ishlab chiqish;

  • mexnat normalarini qayta ko‘rib chiqish;

  • turli kasblardagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • yangi materiallarga extiyojlarni aniqlash;

  • etkazib beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish;

  • yangi texnologiya va texnikani joriy etish va xokazolar talab qilinadi.

Bu funktsiyalarni turli xizmatlar bajaradi, ularni mazmuni va muddatlariga ko‘ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish lozim. Goxo funktsionl xizmatlar o‘rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, ular baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura raxbari esa ko‘psonli bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo‘li bilan, aniqrog‘i chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritishi yo‘li bilan xal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. U quyidagi ko‘rinishga ega.
Bunday struktura quyidagi uch ko‘rinishda bo‘ladi:

  • loyixa bo‘yicha boshqaruv;

  • maxsulotga ko‘ra boshqaruv;

  • matritsaviy struktura.

Loyixa bo‘yicha boshqarish qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy qilish zaruriyati tug‘ilgan xollarda qo‘llaniladi. Bunda maxsus vaqtinchalik xizmat bo‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo‘lim loyixa tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi. Ish bitgandan keyin loyixalash guruxi tugatiladi.
Loyixa bo‘yicha boshqarish muntazam raxbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo‘laklarga ajaratadi yoki to‘ldiradi. U loyixani bajarish uchun korxonaning barcha funktsional xizmatlari va bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ xisoblanadi. Bu organga tegishli xuquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
Loyixa bo‘yicha boshqarish ko‘p nomentklaturali ishlab chiqarishda tuziladi. Loyixa raxbari maxsus vakolatga ega bo‘lib, texnologik opertsiyalarni zvenolar bilan ishchilar o‘rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o‘z loyixasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli raxbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyixa raxbari bilan kelishiladi (18-sxemaga, punktr chiziqlarga e’tibor bering). Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq raxbarga ega bo‘lib, rasmiy jixatdan ularga bo‘ysinadi. Masalan, texnik topshiriqlarni u tsex boshlig‘idan oladi, lekin operatsiyalarni bajarish jarayonida ko‘rsatmani mutaxasisdan, loyixa raxbaridan oladi.
Maxsulotga ko‘ra boshqarish strukturasining afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to‘la rioya qilishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday struktura bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo‘ycha boshqarish ancha murakkab bo‘lib, u maxsuloti nisbatan qisqa “umr” ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va ulrni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog‘lashga, texnika soxasida yuqori malakali xazmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani “To‘r” ko‘rinishda tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning ya’ni:

  • funktsional struktura;

  • maxsulot bo‘yicha strukturalarning kombinatsiyasini ifodalaydi.

Ko‘rib turibmizki, gorizontaliga funktsional vazifalar(ishlab chiqarish, sotish, reklama va xokazo), vertikaliga esa-texnologiya va boshqaruv soxasida yangiliklarni joriy etish bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruxlar joylashgan. Mazkur strukturaga binoan bir vaqtning o‘zida to‘rtta yangi maxsulot bo‘yicha loyixa tuziladi. Har bir loyixa uchun aloxida raxbar javob beradi. Guruxlarning to‘rttasi xam maxsulotni loyixalashdan to sotishgacha bo‘lgan barcha jaryonda qatnashadi.
Boshqarishning matritsali strukturasining moxiyati shundaki, unda xar bir xodim ayni bir vaqtning o‘zida loyixa bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining funktsional organida xizmatda bo‘ladi xamda ikki yoqlama bo‘ysinadi. Bu strukturaning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. boshqarishi jarayonidagi gorizontal aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi;

  2. qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni xamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;

  3. korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarishiga tezda ko‘nikma xosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;

  4. chiziqli bo‘ysinish vositasida bo‘lim ichida byurokratiyaga bo‘lgan moyillikni bir qadar so‘ndiradi va xokazo.

Shu bilan bir qatorda bu strukturaga xam ayrim kamchiliklar xos. Bu uning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatga ega emasliklarida namoyon bo‘ladi. Bunday tushunmovchilik nafaqat raxbarlarni, shuningdek ularning qo‘l ostidagi kishilarning xam noqulay xolatga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, boshqarishning dasturli-maqsadli strukturalari ishlab chiqarishning o‘zgarib turadigan sharoitlariga moslashuvchi dinamik shakllar bo‘lib, boshqaruv jarayonlarini, kadrlar bilan ishlashni ancha engillashtiradi, belgilangan maqsadlarga tezroq va kam xarajat qilgan xolda erishishga yordam beradi. Bunday strukturalar yirik ishlab chiqarish va boshqa birlashmalarda, ilmiy tadqiqot institutlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlarida juda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.
Boshqarishning tashkiliy strukturalar to‘g‘risida yakuniy xulosalarni yasar ekanimiz, quyidagilarga e’tibor berilishini lozim topar edik. Boshqarishning qarab chiqilgan tashkiliy strukturalaridan birortasini xam rasmiy struktura deb bo‘lmaydi. Shuning uchun xar bir korxona(firma) o‘z oldidagi maqsad va iqtisodiy muxitning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy struktura turini tanlashi kerak.
§arb adabiyotlarida “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga:

  • “strukturaga o‘zgartirish” kiritish;

  • struturani amlmashtirish;

  • strukturani tanlash;

  • strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi. Strukturaga o‘zgartirish kiritish va uni almashtirish-bu jaxon amaliyotidagi doimiy jarayon bo‘lib, xar qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan xisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning bosh omili- bu ilmiy-texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. A¡Sh firmalarida, §arbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha xar 3-5 yilda almashtirilib turiladi.

Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilishning usullari, shakillari va yo‘llari turli-tumandir



Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli

  • boshqaruv bo‘g‘inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning qo‘yi bo‘g‘iniga xuquq va vakolatni ko‘proq berish (demarkazlashuv);

Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi. 20- yillarda bu usul mashxur Djeneral Motors korporattsiyasida qo‘llanilgan.
shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan




  • chiziqli funktsional strukturaga o‘tish;

  • boshqaruvchilar sonini xar 3-7 kishiga bitta raxbar emas, balki 10-12 kishiga bitta raxbar to‘g‘ri kelishiga erishish lozim.

  • Ya’ni boshqaruv normasiga intilish kerak.

Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko‘nikma xosil qilingan struktura bilan almashtirishi

  • Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos:

  • gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik;

  • ierarxik aloqalardagi qat’iylik;

  • me’yorlashtirilgan mas’uliyat;

  • yuqori darajadagi rasmiyyatchilik;

  • qarorlar qabul qilinishidagi o‘ta markazlashuv va unda ko‘pchilik boshqaruvchilarning qatnashaolmasligi.

Bu strukturani ko‘nikma xosil qilingan, sinovdan o‘tib o‘zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma’quldir.

Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.

Bu degan so‘z korxona tarkibiga;

  • venchur va innovatsiya, ya’ni “biznesga tavvakalchilik” bo‘limlari;

  • biznes -markazlar;

  • ekspert guruxlari;

  • ishchi, brigadalar guruxlarini tashkil qilishni bildiradi.

Venchur va innovatsiya bo‘limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o‘zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag‘larini tavvakal qiladilar. “Venchur” iborasi tadbirkor, raxbar yoki menejerning tavvakalchilikdagi:

  • uddabironligi, epchilligi, serxarakat-ligini;

  • quntli, matonatligini;

  • dadilligi, jasoratligini;

  • jo‘shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.


Konglomerat, modulli va “atomistik” strukturani barpo etish.

“Konglomerat”-bu turli strukturalarini birgalikdda qo‘shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya’ni chiziqli, funktsional, dasturli-maqsadli strukturalar birgalikda amal qilishida ko‘rishimiz mumkin.
Axborot revolyutsiyasi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy bo‘ysunchanlikka chek qo‘yuvchi “atomistik” strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.

3. Boshqarish srukturasining afzalligi va kamchiliklari.


Chiziqli stukturaning afzalligi shundan iboratki chiziqli raxbarlar o‘z diqqatlarini ilmiy - tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan korxonaning joriy faoliyatiga

qaratadilar.Kamchiligi esa boshqaruv tizimiga ortiqcha bo‘g‘inlarning paydo bo‘lishi, natijada boshqarish tezkorligini susayishi, boshqarish xarajatlarining o‘sishidadir.


Chiziqli stukturaning o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.Chiziqli strukturaning ijobiy va salbiy tomonlari


Yüklə 187,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin