12-Mavzu: Menejment tizimidagi tashkilotlarning turlari Reja


O‘zbekiston Respublikasining boshqarishdagt tarmoq organlari



Yüklə 187,95 Kb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü187,95 Kb.
#177638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5. O‘zbekiston Respublikasining boshqarishdagt tarmoq organlari.

Organ-bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir. Boshqarish organi esa ijtimoiy mexnat taqsimoti, xususan boshqaruv mexnati taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.


Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan strukturasi doirasida uning funktsiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash va vazifalarini aniqlshdan boshlanadi. So‘ngra xarbir funktsiyalar:

  • guruxi;

  • ularning xajmi;

  • darajasi va bosqichi;

  • ixtisoslashtirilishi;

  • markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi taxlil qilinadi.

Ana shulardan keyin aniq ishlar yo‘nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish yoki mavjud bo‘linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga qo‘shimcha funktsiyalarni topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi:
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni, ya’ni bir raxbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo‘linmalar sonining bo‘ysinishi nazarda tutiladi. Bunda Hozircha yagona normalar belgilanmagan. Ba’zi chet el mutaxassislari bo‘ysinuvchi ijrochilar va bo‘linmalar soni 5-6 kishidan oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar.
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo‘lishi mumkin va master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi.
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki, raxbar bilan ishchi o‘rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks xolda bosqich va bo‘g‘inlar sonining ko‘payishi natijasida axborotlarning o‘tishi sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi.
Bo‘ysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko‘zda tutadigan bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir. Bo‘ysinuvchilar sonini oshirib, bosqichlar soini kamaytirish va aksincha qilib boshqarish strukturasini takomillashtirish mumkin (3.9-javdvalga qarang).
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo‘jaligini boshqarish uchun ko‘p tarmoqli boshqaruv-organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolatli organlar bo‘lib tarkibi quyidagilardan iborat
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni ___tadan, korxonalarning soni esa 100 mingtadan ortadi, Ularning xar birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, mamlakat xududida joylashtirish va maxsulot (xizmat)ga bo‘lgan talabni aniqlash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab keng qamrovli masalalardir.
Bu masalalarni samarali xal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud:

  1. Vazirliklar;

  2. Davlat qo‘mitalari;

  3. Kontsernlar;

  4. Korporatsiyalar;

  5. Konortsiumlar;

  6. Assotsiatsiyalar;

  7. Kompaniyalar;

  8. Korxonalar;

  9. Firmalar va boshqalar.

Bu organlar umumdavlat va maxalliy organlardan farqli o‘laroq boshqaruv tizimida shunchaki ishrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Boshqarishning tarmoq organlari odatla umumdavlat va maxalliy organlardan o‘z faoliyatining xajmi (miqyosi) bilan farq qiladi. Bu xol ularning xuquqiy nizomlarida aks etgan bo‘ladi.

Yüklə 187,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin