O’zbekiston Respublikasida milliy schyotlar tizimini asosiy statistikani jahon standartlari asosida reformatsiya qilish borasida davlat dasturi va uni amaliyotda qo’llanish Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohatlar, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, turlicha mulkchilikka asoslangan korporatsiyalar, hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy va tijorat muassasalari va shu kabilarni paydo bo’lishi
XXB ko’rsatkichlaridan milliy hisoblar tizimi(MHT)ga o’tishni taqazo etadi. Xuddi shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 24 avgustidagi 433-sonli qarori bilan O’zbekistonda MHT ni joriy qilishga o’tildi.
O’zbekiston Respublikasining MHT statistikasiga o’tishi iqtisodiyotda iqtisodiy tahlil darajasini oshiradi. Davlatning iqtisodiyotda iqtisodiy barqarorlik jarayonini vujudga keltirishda, iqtisodiyot ustidan to’la nazorat o’rnatishda MHT katta yordam beradi. Davlat MHT iqtisodiy ko’rsatkichlari jadvallari orqali iqtisodiyotda bo’layotgan o’zgarishlarni, rivojlanishlarni, siljishlarni axborot formasida olib turadi va shunga asosan o’zining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqadi. Davlat MHT dagi hisob schyotlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarishni, uning doiraviy xarakatini nazorat qiladi va boshqaradi.
MHT bilan xalq xo’jalugi balansi (XXB) urtasidagu munosabamlari Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarda statistikani tubdan o’zgartirish talab qilinadi. Shuni aytib o’tish kerakki, hozirgi paytda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosan xalk xo’jaligi balansidan (XXB) olinadi. XXB balansda xalk xo’jaligi moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish kabi ikkita cohaga ajratilib, u yaratuvchi va yaratilmaydigan mexnat nazariyasiga tayanadi. Bu xolat xalk xo’jaligini bir butunligicha tahlil qilishga imkon bermaydi.
Aslini olganda, MHT va XXB tizimlari bir-biriga yaqin tizimlar. Ikkala tizimda xam moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari tan olinadi. Lekin ularni hisobga olish bu ikkala tizimda bir-biridan farq qiladi, ya’ni XXB tizimida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad faqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi, deb hisoblanadi. XXB tizimida xizmat ko’rsatish hisoboti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida sarf-xarajatlar sifatida hisobga olinadi.
MHT da moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hisobotida bunday fark qilinmaydi. Xizmat ko’rsatish natijasida yaratilgan kiymat moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan kiymat bilan bir xil mavkega ega, deb karaladi. Bu esa mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni tula hisobga olish imkonini yaratadi.