5-
Rasm
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastur o‘rnatib bo‘lingach, Python
dasturlash tilining
ishchi stoliga alohida belgisi hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun dasturni Pusk orqali ishga
tushiramiz. Har doim yangi dastur bilan ishlashda IDLE ni ishga tushiramiz.
1.3. IDLE ni ishga tushirish tartibi
Har doim yangi dastur tuzishda IDLE alohida ishga tushiriladi, ishga tushirish
tartibi esa doim bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.
1.
Puskdan Python 3.7 ni topamiz va sichqonchani Python 3.7 ustiga bosib IDLE ni
tanlaymiz.
2.
Yangi oq oyna hosil bo‘ladi.
2-
Rasm
3.
File bo’limidan New File ni tanlab (klaviaturadan Ctrl+N), yangi ikkinchi oq
oynani hosil qilamiz.
3-
Rasm
Ikkinchi
oyna kod yozish uchun, birinchi oyna esa dastur natijasini ko‘rish
uchun
ishlatiladi. Unutmang, ikkinchi oynada kodlarni yozib bo‘lgach uni saqlab olishimiz
kerak, aks holda dastur ishlamaydi. Saqlash uchun ishchi stolidan “Dasturlar” nomli
papka hosil qilib, hamma dasturlarni shu papkaga saqlaymiz. Hozir namuna sifatida
biror dastur yozib, uni saqlab ishga tushirishni o‘rganamiz.
1.Ishchi stolidan “Dasturlar” nomli papka yaratamiz.