12-mavzu Python tili va uning dasturlash muhiti
Reja
1. Python tili tarixi
2. Python dasturini o‘rnatish qoidalari
3. IDLE ni ishga tushirish tartibi
1. PYTHON TILI TARIXI
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda
uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC
tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy
dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi.
Bir kun Gvido bu
ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida
boshqa oddiy tilning
interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi.
Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3
ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu
tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash
tillarining qiyosiy
taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli
edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha
paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va
o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda
ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan
foydalanuvchilar soni
ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik
interpretator bir nechta
funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash)
vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib
o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha
yerda ishladi va
korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha
davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa
unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini
rivojlantirishga vaqti
qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat
yaratib bera oladigan
homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi.
U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga
majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0
versiyasi bu oldinga
qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish
jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi. Shunday qilib
1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0
versiyasi esa
2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi.