12-Mavzu. Qishloq xo’jalik korxonalarining moliyaviy faoliyati tahlili Reja


Mahsulot tannarxini kamaytirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rentabelligini



Yüklə 359,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix03.05.2023
ölçüsü359,17 Kb.
#106810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Lecture - 12

Mahsulot tannarxini kamaytirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rentabelligini 
oshirish. Xo’jaliklar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxini kamaytirish va shu 
asosda barcha mahsulot turlarining rentabelligini oshirish hamda sof daromadning umumiy 
hajmini ko’paytirish uchun juda ko’p zaxiralarga egadir. 
Kompleks mexenizasiyalash, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini 
kamaytirishning eng muhim yo’li hisoblanadi. 
Izchillik bilan intensivlashtirish asosida ekinlarning hosildorligini, chorvachilikning 
mahsuldorligini oshirish mahsulot tannarxini kamaytirish, rentabellik darajasini oshirish 
daromad umumiy hajmini ko’paytirishda eng muhim rol o’ynaydi. 
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalaridan foydalanishni yaxshilash mahsulot tannarxini 
arzonlashtirish omili hisoblanadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning aylanma mablag’laridan 
maqsadga muvofiq foydalanishning ham ahamiyati 523ova. Xulosa qilib aytganda, 
jamg’armalarning o’rnini qoplash darajasining oshishi qishloq xo’jalik mahsulotlari 
yetishtirishning yirik zaxirasidir. 
Mahsulot sifatini yaxshilash rentabellikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga 
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini o’z vaqtida yig’ishtirib 
olish hamda yetkazib berish orqali erishiladi. 
Tarmoqlarni markazlashtirish, maqsadga muvofiq ravishda ixtisoslashtirish va joylashtirish, 
to’g’ri muvofiqlashtirish ishlab chiqarishni arzonlashtirishga ta’sir etadi. Fan tavsiyalarini va 
ilg’or tajribalarni ishlab chiqarishga izchillik bilan tadbiq etish, dehqonchilik madaniyatini 
tizimli ravishda yuksaltirish, qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish va kimyolashtirish - 
bularning hammasi, bir tomondan, mahsuldorlikni oshirsa, ikkinchi tomondan mahsulot birligiga 
sarfni keskin suratda kamaytiradi. 
Mehnat va moddiy pul mablag’larini tejab-tergab sarflash, ma’muriy boshqarish xarajatlarini 
va boshqa har qanday o’rinsiz xarajatlarni qisqartirish uchun kurash olib borish tannarxni 
kamaytirishda juda katta ahamiyatga ega. 
Dehqonchilikda hosildorlikni, chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish hamda xarajatlarni 
qisqartirish avvalo xo’jalikni mohirlik bilan boshqarishga, yer, ishlab chiqarish vositalari va 
mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bog’liqdir. Xo’jaliklar rivojlana borgani sari 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini yanada ko’proq yetishtirish va ularni arzon qilish uchun tobora 
yangi imkoniyatlar vujudga keladi. 
Mahsulot tannarxinig kamaytirilishi, avvalo, xo’jaliklarning ish natijalariga bog’liqdir. 
Xo’jaliklarning asosiy vazifasi mehnat va mablag’larni eng kam sarflagan holda qishloq xo’jalik 
mahsulotlari yetishtirishni maksimal darajada ko’paytirishdan iborat. Bunga erishmoq uchun 
qishloq xo’jaligidagi hamma ishlarni o’z vaqtida va sifatli qilib amalga oshirish, mashina 
texnikasidan, o’g’itlardan va boshqa moddiy vositalardan g’oyat samarali foydalanish zarur. 
Moddiy ne’matlarning hammasi oqilona tashkil etilgan mehnat bilan qo’lga kiritiladi. 
Zamonaviy mashina texnikasi bilan ta’minlangan xo’jalik dalalarining yaxshi ishlashi, chorva 
mollarni yaxshi parvarish qilish va ayni vaqda qo’l mehnati sarfini qisqartirishi mumkin. 
Har bir xo’jalik mehnat unumdorligini oshirish, o’z mahsuloti tannarxini kamaytirish 
yuzasidan puxta o’ylab tuzilgan rejaga ega bo’lishi va bu rejaning amalga oshirilishini qattiq 
nazorat qilib turishi lozim. 
Mehnat va moddiy mablag’larni iqtisod qilish rejimini qat’iy amalga oshirmasdan turib, 
tannarxni kamaytirish va rentabellikni oshirish qiyin. 


Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishning barcha sohalarida mehnatni ilmiy asosda 
tashkil etishni joriy qilish va xo’jalik hisobini mustahkamlash iqtisod qilish rejimini izchillik 
bilan amalga oshirishning eng muhim shartidir. 
21.4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini aniqlash. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari va tashkilotlarining moliyaviy - ishlab chiqarish faoliyati yoki 
avans (mahsulot hamda mehnatga avvaldan to’lanadigan haq)ga berilgan sarmoya natijalarini 
aniqlash uchun iqtisodiy samara va iqtisodiy samaradorlik tushunchalari qo’llaniladi. 
Bu tushunchalar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, samara olingan natijalarga sarflangan 
xarajatlardan qat’iy nazar, natijalarning pirovard ahamiyatini ifodalaydi. Samaradorlik esa 
natijalarni keltirib chiqargan sarflarda oxirgi natija hamda chiqimlar nisbatiga qarab aniqlanadi. 
Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashdan ishlab chiqarishda ikki asosiy vazifani shakllantirish 
mumkin. Birinchi, bevosita vazifalar - xarajatlarning belgilangan darajasida eng yuqori 
samaradorlikka erishish. Ikkinchi, qaytarma vazifalar topshirilgan samaradorlikka eng kam 
xarajatlar bilan erishish. Har bir korxona faoliyatida doimo bu vazifalarning har ikkisini hal 
qilishga to’g’ri keladi. 
Iqtisodiy rejalashtirish va iqtisodiy tahlil qilish maqsadlari uchun iqtisodiy samaradorlik 
muhim ahamiyatga ega. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy samaradorlikning quyidagi turlarini farqlash 
qabul qilingan: 
- qishloq xo’jaligining xalq xo’jaligini bir tarmog’I sifatidagi samaradorligi; 

qishloq xo’jaligi alohida sohalarining (paxtachilik, g’allachilik, moddiy - texnik ta’minot 
va h.z.) samaradorligi; 

alohida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yoki chorva mahsulotlari samaradorligi. Bu tur 
makroiqtisodiy darajada, ya’ni soha doirasida hamda mikroiqtisodiy darajada korxona ishlab 
chiqarishi doirasida qo’llaniladi; 
- korxonaning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi; 

qishloq xo’jaligi korxonasining tashkiliy bo’linmalari samaradorligi. Bunga alohida 
balans ajratilgan va ajratilmagan barcha bo’linmalar samaradorligi kiradi; 

alohida ko’rilgan texnik, tashkiliy, tashkiliy-texnik tadbirlar samaradorligi. 
Tabiiyki, qishloq xo’jaligi korxonasining va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdoriy 
hamda sifat jihatlarini yuksaltirishga qaratilgan samaradorlik ko’rsatkichlari tovar ahamiyat kasb 
etadi. 
Qishloq xo’jaligi korxonasi miqyosida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash 
uchun quyidagi natijalarning hisob-kitobi va tahlili amalga oshiriladi: 

ishlab chiqarish natijalari - korxonaning o’z ehtiyojlari uchun sarflangan qismi chegirib 
tashlangandan Tovar ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizasiyasidan tushgan daromad; 

ijtimoiy natijalar - korxona ishlovchilari va ularning oila a’zolariga sarflangan xarajatdan 
iboratdir. 
Bunday holatlarda xarajatlar tarkibiga korxonaning bir yo’la va joriy qilinadigan xarajatlari 
qaytmas hisob bilan kiritiladi. Odatda, bir paytning o’zida asosiy vositalar va ularni 
ammortizasiya qilish uchun joriy xarajatlarga yo’l qo’yilmaydi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun quyidagi 
ko’rsatkichlarning hisob-kitobi o’tkaziladi. 
Amaliyotda yaratilgan va olingan sof daromad ham farqlanadi. Yaratilgan daromad 
deyilganda, ishlab chiqa-rilgan barcha mahsulot hajmining uni ishlab chiqarish uchun ketgan 
xarajatlarga nisbati, olingan sof daromad deyilganda, faqat realizasiya qilingan maqsulotdan 
kelgan 
daromad tushuniladi. Mohiyatiga ko’ra olingan sof daromad mahsulotni realizasiya qilishdan 
korxonaga tushgan foydaning o’zidir. 
Qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab chiqargan mahsulotni realizasiya qilishdan olingan 
daromad erishilgan samaradorlik ko’rsatkichi, ya’ni mutlaq (haqiqiy) ko’rsatkich hisoblanadi. 
Biroq mohiyatan olingan daromadning o’ziniyoq samaradorlik ko’rsatkichi deb hisoblash 


mumkin. Negaki, uning hisob-kitoblarida xarajatlar va mahsulotlarni realizasiya qilishdan 
olingan foyda ko’rinishidagi samaradorlik to’la qayd etiladi. 

Yüklə 359,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin