12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə8/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

I
shchi kuchi bozori modeli



Tadbirkorlar ham ish haqi pasayib borishi sharoitida ko’proq xodimlarni ishga yollashga xarakat qiladi. Shunday qilib, ish haqining pasayish tamoyili ishchi kuchi taklifi va unga bo’lgan talab sohasida ham qaror topadi. Ish haqi muvozanatili darajaga nisbatan pasaygan sharoitda ishchi kuchiga talab uning taklifidan ortsa ish beruvchilar bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish uchun ish haqini oshirishga tayyor bo’ladi. Ish haqining bunday ortishi tufayli ishchi kuchini taklif qilishga tayyor xodimlar doirasi kengayadi. Ham birinchi, ham ikkinchi holatda ishchi kuchi bozorida muvozanatlilik tiklandi va to’liq bandlik holatiga keladi. Ishchi kuchi taklifining yana bir xususiyati shundaki, u kishilaming shaxsiy erki va afzal ko’rishiga bog’liq bo’ladi. Xodim qancha vaqt ishlashini, hamda vaqtning qancha qismini dam olish va boshqa muqobil ishlarga ajratishini o’zi hal qiladi. Ishchi kuchi bozoriga tadbiqan o’rnini bosish samarasi shunda nomoyon bo’ladiki xodim tomonidan bo’sh vaqtning har bir soati yo’qotilgan naf sifatida qaraladi. Shundan kelib chiqib, u bo’sh vaqtini qo’shimcha ish bilan to’ldirishga harakat qiladi va demak ish haqining o’sgan qismiga boshqa tovar (xizmat) larni ham sotib olish mumkin bo’ladi. Daromad samarasi shunda namayon bo’ladiki, xodim moddiy ta’minlanishning etarlicha yuqori darajasiga erishganda ish haqining yanada oshishi bo’sh vaqt foydasiga mehnat taklifining qisqarishiga olib keladi.
2-rasm.
Individual ishchi kuchi taklifi.



Ishchi kuchi bozorida kishilar xulqidagi aynan shunday qonuniyat uzoq vaqt davomida ish haftasi qisqarish tamoyili asosida yo’ladi. Rivojlanagn g’arb davlatlarida oxirgi 100 yil davomida ish haftasi 40% ga qisqarib, uning hisobiga bo’sh vaqt keskin ortgan. Inson hayot davri cheklanganligi sababli bo’sh vaqt eng qadrli ne’mat hisoblangan sharoitda uning ortishi nihoyatda ahamiyatli. Grafikda LS egri chiziq ish haqi o'sib borganda ishchi kuchi taklifi L nuqtagacha ortib borishini, biroq, keyin o'z yo'nalishini o'zgartirib, tik o'qqa yaqinlashib borishini, ya'ni uning taklifi ish haqi oshganda qisqarishini ko'rsatadi.



Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin