12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja


paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12.MAVZU

paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo 
bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik 
asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi 
dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». 
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol 
ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan 
lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha 
qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-
fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. 
Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. 
Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni 
bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli 
buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana 
shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar 
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish 
uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar 
tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. 
Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab 
hisni tashkil qiladi. 
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan .699 p 


Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki 
a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. 
CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida 
bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi 
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi 
bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar 
tabiati 
haqidagi 
masalani 
echishga 
uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu 
muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai 
nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan 
qarashlardan 
hissiyotlarning 
organik 
ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo 
bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik 
dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida 
o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan 
ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning 
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,
hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik 
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum 
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
1872 yilda ch. Darvin «inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» 
asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida 
umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional 
holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. 
Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan 
hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik 
mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash 
sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari 
sifatida yuzaga keldi. 
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning «hissiyot 
nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djeyms va undan mustaqil 
ravishda g. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, 
hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va 
tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, 
«yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz 
uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin