42.Qаdimgi G’аrb vа Sharqdа diаlеktik tа’limоtning vujudgа kеlishi vа shаkllаnishi.
Qadimgi Sharq va G‗arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G‗arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma‘naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‗ziga xosligi va betakrorligidan qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‗arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‗zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‗yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‗lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‗arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‗lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Uchinchidan, G‗arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‗ljaloladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‗rganadi, Qadimgi manba ―Avesto‖da ko‗rsatilgani kabi ―qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‗zlash va yaxshi ish ko‗rish mumkin‖, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‗lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‗zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‗xshash muammolarda mo‗ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida ―Shuni bilgilki, o‗zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‗zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‗lboshchilik qilolmaysan. Axir o‗zi ko‗r odam qanday qilib o‗zgalarga rahnamo bo‗lsin? O‗zi qashshoq o‗zgani boy qila oladimi?Kimki o‗zi xoru zalil bo‗lsa, o‗zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hech kimsa o‗zini isloh etmaguncha o‗zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‗zi buzuq fosid bo‗lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‗l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‗zingdan boshla. O‗zgalar aybini yo‗qotishni hohlasang, avvalo o‗zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‗ylagan fikring senga hech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‗zlaring go‗zalu qilmishlaring esa xunuk bo‗lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va‘zxon bo‗lasanqolasan ‖ deb uqtiradi.
To‗rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‗arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‗zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‗stlik, birodarlik, muhabbat Va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma‘rifat kabi muammolarnin yechimini izlagan. Bu jarayon o‗sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‗rtib namoyon bo‗ladi, masalan:
- Konfusiy: ―Odamlar seni bilmasliklaridan g‗am chekma, o‗zing odamlarni
bilmasligingdan g‗am chek‖;
- Lao-szi: ―Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‗lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‗lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim‖;
- Zardo‗sht: ―Ezgu fikr, ezgu so‗z, ezgu amal‖;
- Geraklit: ―Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‗lsa, o‗n ming kishiga teng‖;
- Demokrit: ―Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: ―O‗lim qo‗rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin
mavjud‖;
- Platon: ―Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan
bog‗langan sahovatlilik‖;
- Aristotel: ―Do‗stlik birga yashashning zaruriy shartidir‖ deb hisoblaydi.
Shuningdek uning fikricha, ma‘naviyat va ma‘rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‗rmaydigan inson yo‗q va bo‗lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‗ng qo‗lida va ham chap qo‗lida adolat tarozisini qo‗tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‗ngliga yo‗l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo‗lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‗lishi lozim. Arastu o‗zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma‘lum vaqtlarda baxtli bo‗lib, qolgan vaqtlarda baxtsiz bo‗lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi.
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‗liqligi ham G‗arb va
Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‗qmi, lekin falsafiy g‗oyalar, qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba‘zan eklektik bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo‗ladi. Jumladan, qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron (mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi.
Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‗lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‗zining ―Tabiat haqida‖ asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan.
Oltinchidan, Sharq va G‗arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‗zining ikki ko‗rinishida: obyektiv idealizm va subyektiv idealizm sifatida namoyon bo‗ladi. Sharq falsafasida bu ―yoga‖, buddizm, jaynizm, zardo‗shtiylik, konfusiychilik, daochilik falsafasi, G‗arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‗z ifodasini topadi.
Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‗oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi.
G‗oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ es―g‗oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‗oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud―narsalardunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‗lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‗oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‗z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‗oyalarning moddiy dunyoga bo‗lgan munosabati muammosiga bag‗ishlangan. Platon fikriga ko‗ra, materiya - g‗oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‗oY.Haqiqiy borliq - bu piramidani eslatadigan ideal borliq.Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‗zallik g‗oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‗oyasi vaoqillik (haqiqat) g‗oyasi o‗rioladi. Shunday qilib, Platon ―g‗oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi obyektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‗oyalar va narsalarni birbiridan ajratib bo‗lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‗oyalar dunyosi birlamchidir
Dostları ilə paylaş: |