12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Оng vа оngsizlik. Оng vа til. Оng vа ijоd



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə42/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

40.Оng vа оngsizlik. Оng vа til. Оng vа ijоd.

Inson ongli mavjudot. Bir zamonlar faylasuflarning ustozi Suqrot « 0 ‘zingni bilsang, olamni bilasan», — degan edi. Falsafiy hikmatga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham sir-u sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo'jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, tafakkurning kelib chiqish masalasidir.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi — eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni olganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi. Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bolgan ligi tabiiy.

Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan. Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, Xudo yaratgan mo‘jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongi Xudoning, buyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bolsa-da, ular hamon o‘zining ko‘plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham Yaratganning qudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Barcha dinlar kabi islom dinida ham ana shunday qarash e’tirof etiladi va ong, tafakkur Yaratganning insonga in’omi, ilohiy mo‘jizalar sifatida tavsiflanadi.

Bunday qarashlardan farq qiladigan va ong muayyan moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ma’naviy emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, olchab ham bolmaydi.

Ijod. Aksariyat odamlar ongida ijod tushunchasi faoliyatning hyech qanday rejalari va andozalariga bog’lab bo’lmaydigan sof shaxsiy jarayon bilan bog’lanadi. Ko’pincha u alohida odamlar, daholar anglash mumkin bo’lmagan tarzda ega bo’ladigan qandaydir ilohiy in’om sifatida qaraladi.Ijodda hamma narsa sirli va nomuayyan bo’lib, u kundalik hayotga xuddi to’fon yanglig’ kirib keladi, eskicha qarashlar, qotib qolgan andozalarni ag’dar-to’ntar qiladi. Ijodning mohiyati nimada, degan azaliy falsafiy savolga psixologlar va pedagoglar, sosiologlar va tarixchilar, faylasuflar va san’atshunoslar javob berishga harakat qilganlar, ammo ular ijod ustidagi sirli pardaning bir chekkasinigina ochishga muvaffaq bo’lganlar. Shunga qaramay ijodni ijodiy mehnat mahsullari natijalariga muvofiq ancha aniq tushuntirish mumkin; unga faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida prosessual tavsif berish mumkin; ijodning tabiati haqidagi savolga javobni ijodkorlarning ruhiy dunyosi, qobiliyatlari, dunyoqarashi va axloqiy mo’ljallaridan ham izlash lozim.

Mutlaqo yangi ijtimoiy muhim natijaga erishish ijodning muhim xususiyati bo’lib, u davomli tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, ijod hamisha o’sish, qo’shilish, ilgari dunyoda mavjud bo’lmagan yangilikni yaratishdir. Garchi insonning ijodiy faoliyati tabiat materialiga muhtoj bo’lsa-da, u to’laligicha tabiatda allaqachon mavjud bo’lgan narsa bilan belgilanishi mumkin emas. Ijod mahsulida material bilan belgilanmagan yangilik mavjuddir. Ijodga xos bo’lgan betakrorlik, nostandartlikni faqat asosiy materialning tor chegarasidan chetga chiquvchi ijodkorning o’ziga xosligi miqyosi bilan tenglashtirish mumkin. Ijod mahsulining yangiligi tufayli uni oldindan rejalashtirish mumkin emas. Ibn Arabiy ijodni ulkan muvaffaqiyatsizlik sifatida tavsiflaydi, chunki hatto mukammal mahsullarda ham u ijodiy g’oyaga kamdan-kam holda mos keladi. Bu ijodning o’ta shaxsiy intim jihatidir. Ijodkor shaxs imkoniyatlarining boyligini, odatda, ijod natijasining torligi bilan taqqoslab bo’lmaydi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin